Get Mystery Box with random crypto!

Domla va talaba sessiyada: Domla: Samalyotda 300 g'isht bor e | 📚❤️ 𝙺𝙸𝚃𝙾𝙱𝙸𝚈_𝙹𝙰𝙼𝙸𝚈𝙰𝚃 ❤️ 📚

Domla va talaba sessiyada:

Domla: Samalyotda 300 g'isht bor edi. Bittasi tushib ketdi. Nechta qoldi?
Talaba: Albatta 299 qoladi.
Domla: Ha to'g'ri. Tuyani 3 ta xarakat bilan muzlatkichga qanaqilib joylimiz?
Talaba: Birinchi muzlatkichni ochamiz, tuyani joylimiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Sigirni 4 ta xarakat bilan qanaqilib muzlatkichga joylaymiz?
Talaba: Birinchi muzlatkich eshigini ochamiz, tuyani chiqazamiz, sigirni joylaymiz, eshigini yopamiz.
Domla: Ha to'g'ri. Keyingi savol: o'rmon qiroli sher tug'ulgan kun o'tkazdi. Hamma hayvon bordi yu bittasi bormadi. U qaysi hayvon? Talaba: Albatta sigir borolmadi. Chunki, u muzlatkichda.
Domla: Ha buyam to'g'ri. Chol timsoxli ko'ldan suzib o'ta oladimi?
Talaba: Ha o'ta oladi. Chunki tumsoxlar sherni tug'ilgan kunida ku.
Domla: Ha bunisi ham to'g'ri. Lekin chol suzib o'tolmay cho'kib o'ldi. Nega?
Talaba: Qariganligi uchun yarmida charchab qolib cho'kib ketgan.
Domla: Yo'q topolmading. Cholni boshiga samalyotdan tushgan g'isht tushib o'ldi. Bor qayta topshirasan sessiyadan o'ta olmading.