Get Mystery Box with random crypto!

Kitob hidi

Telegram kanalining logotibi kitobhidi — Kitob hidi K
Telegram kanalining logotibi kitobhidi — Kitob hidi
Kanal manzili: @kitobhidi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

#Biographies
#Thoughts
#Quotes
#Poems
#etc

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-18 05:05:07 ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Akrom Malik:

"Insonlarning aksariyati aslida johil emas. Ular shunchaki bir-birlarini tinglamaydilar. Tinglamaganlari uchun bir-birlarini bilmaydilar. Bilmaganlari uchun qoʻrqadilar. Qoʻrqqanlari uchun nafratlanadilar".

@Kitobhidi
68 views02:05
Ochish/sharhlash
2023-01-17 13:31:01 ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Bormisan, yo'qmisan, nima farqi bor,seni sogʻinaman, muhimi shunda!..

Usmon Azim

@Kitobhidi
83 views10:31
Ochish/sharhlash
2023-01-17 09:27:41 ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
“Meni hali eslab yurasiz”, —
dedi bir ayol.
“Yoʻq, — dedi u. — Sizni
eslaydiganlar juda koʻp.
Men esa, hech kimi yoʻq
bir ayolni eslayman,
Xudo xoxlasa;
hech kimi yoʻq
bir ayolni sogʻinaman,
Xudo xohlasa”.
Tashqarida —
xazon yogʻar.
“Qaysi yilning xazoni?
Bu suhbat
qayerdan keldi?
Nega buncha gʻussali? Nega
birdan sogʻinch oʻrtadi jonimni?
Hech kimi qolmadimikan u ayolning?
Bir oʻzi yurganmikan dunyoda tentirab?
Izlab borsammikan?..”
Tashqarida —
Xazon. Shamol.
Kuz yomgʻiri.
Nimalarni
xohlayapti
Parvardigor?
Yoʻl esa,
uncha olis emas:
oʻttiz besh kuzakdan
oʻtilsa,
boʻldi.

Usmon Azim

@Kitobhidi
88 views06:27
Ochish/sharhlash
2023-01-17 06:03:01 Stiv Jobsdan aqliy sirlar.
Yaxshi maqola ekan.(1.5 bet)


@Kitobhidi
85 views03:03
Ochish/sharhlash
2023-01-16 19:35:21 Men uning qalbiga kirmadim oʻynab,
Boqsam, koʻzlaridan hasrat yogʻardi.
U lazzat olardi oʻzini qiynab –
Mendan xafa boʻlish unga yoqardi.

Behzod Fazliddin

@Kitobhidi
87 viewsedited  16:35
Ochish/sharhlash
2023-01-16 15:36:48 𝙏𝙚𝙯 𝙠𝙚𝙩.
𝘽𝙪 𝙩𝙤𝙜ʻ𝙡𝙖𝙧 𝙦𝙤ʻ𝙮𝙞𝙗 𝙮𝙪𝙗𝙤𝙧𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞 𝙨𝙚𝙣𝙞.
𝙀𝙧𝙩𝙖𝙠𝙡𝙖𝙧 𝙤ʻ𝙦𝙞𝙮𝙙𝙞 𝙨𝙚𝙣𝙜𝙖,
𝙈𝙤𝙡 𝙗𝙤𝙦𝙩𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞, 𝙨𝙤𝙢𝙤𝙣 𝙩𝙖𝙨𝙝𝙞𝙩𝙖𝙙𝙞,
𝙊ʻ𝙧𝙤𝙦 𝙤ʻ𝙧𝙙𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞 𝙨𝙖𝙧𝙖𝙩𝙤𝙣𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙟𝙖𝙧𝙞𝙢𝙖𝙨𝙞𝙙𝙖,
𝙇𝙤𝙮 𝙦𝙤𝙧𝙞𝙩𝙖𝙙𝙞, 𝙜ʻ𝙞𝙨𝙝𝙩 𝙦𝙪𝙮𝙙𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞,
𝙐𝙮 𝙦𝙪𝙧𝙙𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞 𝙥𝙖𝙭𝙨𝙖 𝙙𝙚𝙫𝙤𝙧𝙙𝙖𝙣,
𝙐𝙮𝙡𝙖𝙣𝙩𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞 𝙨𝙚𝙣𝙞,
𝙄𝙨𝙮𝙤𝙣 𝙦𝙞𝙡𝙞𝙨𝙝𝙞𝙣𝙜𝙜𝙖 𝙮𝙤ʻ𝙡 𝙗𝙚𝙧𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞.

𝙃𝙖𝙢𝙢𝙖 𝙦𝙖𝙩𝙤𝙧𝙞 𝙠𝙤ʻ𝙯 𝙮𝙪𝙢𝙞𝙗 𝙖𝙧𝙤𝙦 𝙞𝙘𝙝𝙖𝙨𝙖𝙣,
𝙃𝙖𝙢𝙢𝙖 𝙦𝙖𝙩𝙤𝙧𝙞 𝙣𝙖𝙢𝙤𝙯 𝙤ʻ𝙦𝙞𝙮𝙨𝙖𝙣 𝙗𝙤𝙨𝙝 𝙚𝙜𝙞𝙗,
𝙄𝙨𝙝𝙜𝙖 𝙪𝙯𝙤𝙦 𝙢𝙖𝙢𝙡𝙖𝙠𝙖𝙩𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙦𝙖𝙩𝙣𝙖𝙮𝙨𝙖𝙣,
𝙏𝙤ʻ𝙮 𝙦𝙞𝙡𝙖𝙨𝙖𝙣 𝙩𝙤𝙥𝙜𝙖𝙣 𝙥𝙪𝙡𝙞𝙣𝙜𝙜𝙖.

𝙌𝙤ʻ𝙨𝙝𝙞𝙜ʻ𝙞𝙣𝙜𝙣𝙞 𝙛𝙖𝙦𝙖𝙩 𝙩𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧 𝙚𝙨𝙝𝙞𝙩𝙞𝙨𝙝𝙞 𝙢𝙪𝙢𝙠𝙞𝙣,
𝘿𝙖𝙧𝙙𝙡𝙖𝙧𝙞𝙣𝙜𝙣𝙞 𝙛𝙖𝙦𝙖𝙩 𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖𝙡𝙖𝙧...
𝙆𝙤ʻ𝙯 𝙮𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧𝙞𝙣𝙜𝙣𝙞 𝙚𝙨𝙖 𝙨𝙝𝙖𝙢𝙤𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙖𝙧𝙩𝙖𝙙𝙞.

𝙏𝙚𝙯 𝙠𝙚𝙩!
𝘽𝙪 𝙩𝙤𝙜ʻ𝙡𝙖𝙧𝙙𝙖 𝙗𝙖𝙭𝙩𝙡𝙞 𝙗𝙤ʻ𝙡𝙞𝙨𝙝𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙪𝙢𝙠𝙞𝙣...
𝙏𝙚𝙯 𝙠𝙚𝙩.

𝙐𝙨𝙢𝙤𝙣 𝘼𝙯𝙞𝙢

@Kitobhidi
97 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2023-01-16 11:43:45 Abdulla Qahhor
Anor

Qissa va hikoyalar

O'zbek hikoyachiligining choqqilaridan biri hisoblanadigan Anor hikoyasida, Abdulla Qahhorning obraz yaratish barasidagi yuksak mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi.

O'tmish voqealaridan habar beruvchu bu asarda boshqorong'i xotiniga ikki dona anor topib bera olmagan Turobjon va birdan bir orzusi-anor bo'lib qolgan ayol obrazlari san'atkorona yaratilgan.


@Kitobhidi
100 views08:43
Ochish/sharhlash
2023-01-16 10:25:10 https://t.me/afforiy
100 views07:25
Ochish/sharhlash
2023-01-16 08:58:34 Kattaroq ochilsin barcha deraza,
shamollatish kerak
dunyoni bir oz...

Shavkat Rahmon
101 views05:58
Ochish/sharhlash