Get Mystery Box with random crypto!

Sizga sevimli boʻlib ulgurgan “1984” va “Molxona” asarlari mua | Kitob hidi

Sizga sevimli boʻlib ulgurgan “1984” va “Molxona” asarlari muallifi Jorj Oruell haqida faktlar!

"Jorj Oruell taxallusini olgan Erik Artur Bler oddiy ingliz oilasidan chiqqan.

Uni shahar inspektorining tug'ilgan kuniga o'lgan kalamush solingan konvert jo'natgani uchun iqtidorlilar maktabidan haydashgan.

Adib kun kechirish uchun turli ishlarda ishlagan. Masalan: Birmada politsiya xodimi, maktab o'qituvchisi, kitob do'konida sotuvchi, 2 Jahon urushi davrida BBC uchun propagandist, adabiy muharrir, harbiy jurnalist kabi kasblarda o'zini sinab ko'rgan. Va hatto, Parijda idish yuvuvchi bo'lib ham ishlashga majbur bo'lgan.

Bir asarini yozishda qamoqxona havosini his qilish va mahbuslar bilan suhbatlashish uchun u ataylab qamoqqa tushishga harakat qilgan. Ko'p miqdorda spirtli ichimlik ichib jamoat tartibini buzuvchi odam rolini o'ynagan. Afsuski rejasi o'xshamay qolgan, uni 48 soatda qo'yib yuborishgan.

Hayoti davomida 7 xil tilni turli darajada gapira oladigan qilib o'rgangan. Maktab vaqtida uning fransuz tili o'qituvchisi Oldos Haksli bo'lgan.

U Ispaniyadagi fuqarolar urushida ham qatnashgan.

Kitoblarni
@asaxiybooks dan sotib olishingiz mumkin.

@Kitobhidi