Get Mystery Box with random crypto!

Xasan Basriy haqlarida... Xasan Basriy nomi bilan tanilgan Ab | Kitobdan ilm

Xasan Basriy haqlarida...

Xasan Basriy nomi bilan tanilgan Abu Said Xasan Ibn Abul Xasan Ibn Yasor Basriy eng mashxur va atoqli tobeinlardan bo'lgan.Madinada milodiy 642 yilda dunyoga kelgan.
Onalari Xoyra Payg'ambarimizning pokiza zavjalari Ummu Salama onamizning xizmatkorlari bo'lgan.
Otalari Abul Xasan Yasor fors janglarida asir tushib,qul sifatida sotilgan.Uni Madinaga olib kelishganidan so'ng,atoqli sahoba Zayd Ibn Sobit Roziyallohu Anhuning xonadonlarida yashadi.
Va Abul Xasan Yasor Ummu Salama onamizning ozod qilgan cho'rilari Xoyra ismli ayolga uylandi.Yillar o'tib ular o'g'il farzandli bo'lishdi va Payg'ambarimizning pokiza zavjalari Ummu Salama onamiz uning ismini Xasan deb nomladi.Unga Ummu Salama onamiz o'z farzandlaridek mehr ko'rsatar,hattoki onasini yo'qligida qorni ochganini bilsa,unga sut berar edi.Shunday qilib Xasan Basriy,Payg'ambar Alayhissalom xonadonlarining birida voyaga yetdi.
Keyinchalik Xasan Basriy o'n to'rt yoshga kirganidan so'ng ota onasi bilan Basraga ko'chib ketdi va u yerda istiqomat qildi.Shu sabab xam Xasan ushbu muborak shaharga nisbat berilib,odamlar orasida "Xasan Basriy" sifatida tanildi.