Get Mystery Box with random crypto!

4-yanvar. 2023-yilning ilk mutolaa kuni. Shu kuni Fyodor Dosto | Kitobchi Aka(demik)

4-yanvar. 2023-yilning ilk mutolaa kuni. Shu kuni Fyodor Dostoyevskiy (Fedya tog‘a) ijod olamiga kichik bir boshlang‘ich qadamni qo‘ydim. Ma‘suma asari orqali Dostoyevskiy ijod olamiga kirib borar ekanman, avvaliga shunchaki oddiylikni, keyin tushkunlikni, ortidan hayratni, keyin esa yig‘ini va so‘nggida afsusni his qildim.

Rus jamiyatining qiyinchilik davri tasvirlangan. Xolalari qo‘lida yeti qolgan 15 yoshli ma‘suma qizaloq va 40dan oshgan garovchi erkak.

Dastlab, kitob maqsadini anglay olmadim. Keyin esa kirib boraverdim. Garovchi erkak borgan sari g‘azabimni toshirar. Ma‘suma qizaloqqa esa achinib borar edim. Er-xotin o‘rtasidagi bunday holat faqat rus jamiyatiga tegishli bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.

Inson zoti ko‘plab narsalarni juda kech anglaydi. Yo ajralib bo‘lganida, yoki ajralish arafasida buni his qiladi. Insonning orzu-istaklari, umidlari qamoqqa-siquvga olinganda ular mo‘rtlashib alal-oqibat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Asarda insonning ichki kechinmalari, sevgi, qalb, ozorlanish, ko‘ngilga e‘tibor bermaslik kabi tuyg‘ular ajoyib tarzda ifodalangan. Inson yonida turmush o‘rtog‘i bo‘laturib, yolg‘izlikda yashashi uning qalbini zimdan ezib boradi.

#parcha
Odamlar bir-biringizni seving. Sevgisiz yashab bo‘lmaydi.

04.01.2023 @kitobchi_aka(demik)

P.s taqriz yozishga juda no‘noqman, buni fikrlar ketma-ketligi deb qabul qila qoling.