Get Mystery Box with random crypto!

✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

Telegram kanalining logotibi kitob_xiyoboni — ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov K
Telegram kanalining logotibi kitob_xiyoboni — ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov
Kanal manzili: @kitob_xiyoboni
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 528
Kanalning ta’rifi

📚Jahon adabiyotlari!
📚Oʻzbek adabiyotlari!
📚Bestseller asarlar!
📚Eng yaxshi va sara kitoblar haqida!
Yozuvchi Azizbek Norovning adabiy-falsafiy va motivatsion kanali
Guruhimiz: @kitob_xiyobonidagilar

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-14 06:00:42 #Hikoya_vaqti
#Armon

Bugun ishxonaga yangi kelgan qiz hamma bilan tanishib chiqdi. Ismi Xolida ekan.

Mohiraga navbat kelgan payt:

–Voy, opajon siz koʻzimga judayam issiq koʻrinyapsiz, sizni qayerda koʻrganman-a? – deya hayrat bilan tikilib turardi.

Mohira biroz oʻngʻaysizlandi:

–Baʼzida shunaqa boʻladi, biz uchrashmaganmiz avval, deb yuzini teskari burdi.

Chunki koʻzlar ichki olamidan xabar berib qoʻyishidan juda qoʻrqib ketgan edi...

Yigirma besh yil oldin, arzimas sabab tufayli eriga achchiq qilib, olti oylik qizalogʻidan ham kechib ketgan Mohira taqdirdan bunday tuhfani xayoliga ham keltirmagandi. Qizining yuzidagi qop-qora yarashgan xoli uchun unga Xolida deb ismni oʻzi qoʻygan edi...

Xayriniso ERGASHEVA

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
4.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-04-13 06:21:58 #Hikoya_vaqti
Oʻn besh daqiqa

“Oʻn besh daqiqa qoldi...”, pichirladi bola loy yoʻldan sirgʻalib chopib borarkan. Doʻkonga shoshib kirib gʻijimlangan pulni uzatdi. Sotuvchi qiz mensimaygina pulni olarkan bolani jerkib berdi: “Nima balo, ahlatdan oldingmi?”

Bola boshini egib, arang gapirdi: “Ahlat tozalaganim uchun oldim”. Uyga yugurib kirdi, anchadan beri ayol kishining izi tushmagan hovli ichkaridagi bemor kabi bolani mungʻayibgina qarshiladi.

“Keldim....”, dedi bola hansirab. U piyoladagi suvga issiqqina nonni botirib, buvasining ogʻziga tutdi. Bemor tamshana-tamshana koʻzlarini yumdi.

Buvasining soʻnggi iftorligi edi bu.

Dilbar RAJABOVA

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
3.2K views03:21
Ochish/sharhlash
2022-04-12 09:55:02 #Hikoya_vaqti
#Halol

–Issiqqina, yogʻliqqina yangi sogʻilgan sut, sotaman-u ketaman, keling, yanga.

–Buningizga suv qoʻshilmaganmi?

–Tavba deng, yangajonim, Ramazon oyida-ya?!

–Aylanay, shunchaki soʻradim-qoʻydim-da.

–Hayitgacha qoʻrqmay olavering, qoqindiq.

Bobur NUSRATOV

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
2.6K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-04-11 06:46:06 #Hikoya_vaqti
Har narsa ham koʻringanidek emas

Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan matodan roʻdapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jurʼatsizgina kirib keldilar.
Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan deya ensasini qotirdi.
– Biz rektor bilan koʻrishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
– U kun boʻyi band boʻladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
– Mayli, biz kutamiz, – javob qildi ayol.
Kotiba ularni toʻrt soatcha yolgʻiz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq boʻlib qaytib ketishlarini istardi. Yoʻq, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
– Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan koʻrishsangiz, balki qaytib ketishar, –  dedi u rektorga.
Rektor chuqur xoʻrsindi va rozi boʻlganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qoʻydi. Muhim shaxs boʻlganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining koʻrkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirgʻandi.
Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
– Bizning Garvardda birinchi kursda oʻqiydigan oʻgʻlimiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u tasodifan oʻldirildi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, – dedi ayol.
– Madam, – dedi rektor qoʻrs ohangda, – Biz Garvardda oʻqib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qoʻya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga oʻxshab qolgan boʻlar edi.
– Oh, yoʻq, – dedi ayol va tezda tushuntirdi, – Biz haykal qoʻymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana oʻsha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
– Bino?! Bilasizmi oʻzi bino qurish uchun qancha kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular. Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
– Universitet qurish uchun bor yoʻgʻi shuncha pul kifoyami? Unda nega oʻz universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister hamda Missis Liland Stenford oʻrinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va oʻsha yerda Garvard qadriga yetmagan oʻgʻillari uchun yodgorlik oʻlaroq yangi ilm dargohi – Stenford universitetiga asos soldilar.

Muslim Buxoriy tarjimasi

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
2.6K views03:46
Ochish/sharhlash
2022-04-10 12:24:25 #Hikoya_vaqti
#Yurakdagi_nihollar

 Badavlat bir insonning oʻgʻli yomon xulqli boʻlib, salbiy odatlarini hech tashlamas ekan. Boy oʻgʻlini tarbiyalash maqsadida uyiga aqlli bir ustozni taklif qilibdi. Ustoz uning muddaosini tinglab, yigitni yoniga olibdi-da, bogʻ boʻylab sayrga chiqishibdi. 
Ustoz yigitdan shu yerda oʻsayotgan kichkina bir niholni yulib tashlashini soʻrabdi. Yigit ikki barmogʻi orqali niholni osongina koʻchirib olibdi. Shundan soʻng ustoz yigitga daraxt boʻlib ulgurgan koʻchatni yulishini buyuribdi. Yigit zoʻr berib, bor kuchini ishlatib daraxtni yerdan sugʻuribdi.
– Endi esa manavinisiga urinib koʻr, – deya ustoz kattakon va sertomir daraxtga ishora qilibdi.
Yigit qanchalik urinmasin, daraxt qilt etmasmish.
– Buning iloji yoʻq, – deb tan olibdi yigit.
– Ana shunday! Bizdagi yomon odatlar ham koʻchatga oʻxshaydi, -nasihat qilibdi ustoz, – avvaliga nihol, keyin esa ulkan va bahaybat daraxtga aylanadi. Uni vaqtida qalbimizdan yulib tashlasak, ish oson kechadi. Vaqtni boy bergan sarimiz esa u tomir boylab, butun tanimizni egallab boraveradi. Oqibat istasakda, uni yurakdan sugʻurib tashlolmaymiz.
Yigit bu gaplardan soʻng oʻz xulqi haqida chuqur oʻylab koʻribdi va qalbida unayotgan yomonlik koʻchatlarini vaqtida sugʻurib tashlashga ahd qilibdi.

Abu Ammar

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
1.9K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2022-04-08 09:09:57 #Hikoya_vaqti
#Osoyishta_hayot_siri

Qadim rivoyatda aytilishicha, bir eru xotin sira kelisholmay, urishib, bahslashar ekan. Bu holat oʻzlarining ham joniga tegibdi. Axiyri er xotiniga:
–Sen, anuvi... uyidan churq etgan ovoz chiqmaydigan qoʻshnimiznikiga kirib kuzat-chi, urush-janjalsiz yashashlarining sababi nima ekan? – debdi.
Xotin hamsoyaning hovlisiga kirib, qoʻshni ayol bilan gaplashib oʻtirish asnosida atrofida boʻlayotgan muomalayu munosabatlarni kuzatibdi.
Qoʻshni erkak tarvaqaylab ketgan daraxtning ayrim shoxlarini qirqib, saranjomlayotgan ekan. Bir payt u ayolidan suv soʻrabdi, xotini oʻsha zahoti kosada suv olib borayotganda, tashqaridan notanish ayolning chaqirgan ovozi eshitilib qolibdi. Shunda uy bekasi qoʻlidagi suvni yoʻlak yonidagi omonat tokchaga qoʻyibdi-da, koʻcha tomon yoʻnalibdi. Ish bilan mashgʻul er shu yerdan oʻtarkan, qoʻlidagi shox kosaga tegib, suv toʻkilibdi, kosa sinibdi.
–Shoshqaloqligim, yaxshilab oʻylamay ish tutishimning oqibatida, – debdi qoʻshni ayol tashqaridan qaytarkan kosa sinigʻini koʻrib. – Chekkaroqqa qoʻyganimda yoki suvni shu yerga qoʻyganimdan sizni ogohlantirganimda, sinmagan boʻlarmidi...
–Meniyam aybim bor, qoʻpolman-da, – debdi shu zahoti eri. – Eʼtiborliroq boʻlsam, u yoq-bu yoqqa qarab ish tutsam, kosani tokchadan tushirib yubormasmidim...
Mehmon boʻlib oʻtirgan qoʻshni ayolga shu voqeaning oʻzi ham katta taʼsir qilibdi. U uyiga qaytib chiqqanda, eri soʻrabdi:
–Biror narsa tushundingmi, qoʻshnilar urish-janjalsiz, baqir-chaqirsiz yashashining  siri nimada ekan?
–Shuni angladimki, – debdi unga javoban xotini, – biz uyimizda boʻladigan har qanday koʻngilsizlik, yomon ishlar uchun bir-birimizni, boshqalarni aybdor qilamiz. Qoʻshnilarimiz esa bunday paytda xatolik sababini avvalo oʻzlaridan izlab, iqror boʻlishar ekan...

Muhtarama ULUGʻOVA 

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
1.9K views06:09
Ochish/sharhlash
2022-04-07 12:18:03 #Hikoya_vaqti
#Qarz_daftar

– Uka, “qarz daftari” bormi?
– Bor, aka.
– Shu daftaringizdagi muhtoj oilalarni qarzlarini hisoblab aytsangiz,  Ramazon oyida ularni qarzlaridan ozod qilib qoʻysak degandik.
Qassob yigitning yuzida achchiq tabassum paydo boʻldi.
– Aka, keling, mana qoʻlimdagi roʻyxat, manavi akani koʻpchilik taniydi,  taglarida “Malibu”,  oʻgʻillari falon joyda ishlaydi, qarzlarini bir yildan beri berolmaydilar. Manavi boyvachchaning uyini koʻrsangiz naq saroy deysiz, bir yarim yil boʻldi, bez boʻlib yuraveradilar. Qisqasi, roʻyxatimdagilarning bari shunaqalar.
– Menga bular kerakmas, yetim bolalari bor va kambagʻal oilalarning roʻyxatini bering, uka.
– Aka, siz aytgan oilalar zaruratdan 200-300 gramm goʻsht olishsa, bir haftaga qolmay pulini toʻlab chiqib ketishadi. Ularda amal va boylik boʻlmasayam or-nomus bor. Qisqasi, mening daftarimdan siz izlagan odamingizni topa olmaysiz, salomat boʻling.
Indamadim.

Muhammad IKROM

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
1.8K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-04-07 02:54:58 Yig'latadigan



2.0K views23:54
Ochish/sharhlash
2022-04-06 13:59:22 #Hikoya_vaqti
#Uyat

Vokzalga ketaverishga yaqin joyda oshxona joylashgan. Odimlar ekanman, kimdir “halol shashliklar bor” deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan oʻrta yoshli kishilar, yigitlar boʻlgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi…
Burchakda 60-65 yoshni qoralagan, koʻrinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon boʻlgan bir onaxon roʻmol ochib eski kiyimlar, ishlatilgan roʻzgʻor buyumlari, oʻqilgan kitoblarni yoyib oʻtiribdi. Juda tanish chehra… esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yoʻqligi, oʻz qornining gʻamini shu yoʻl bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi. 
Kitoblarni koʻrish uchun yoniga yaqinlashdim.
– Xola, endi pirashka sotmaysizmi? – deb soʻradim.
Onaxonning javobidan qattiq taʼsirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u koʻzimni yerga oldim:
– Hozir Ramazon oyi-ku, uyat boʻladi, bolam, uyat…

Odinaxon ABDUVAHOBOVA

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni
2.1K viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-04-04 08:18:22 #Hikoya

"Men kun-u tun faqat sen haqingda o'ylayman duolarimda ham faqat Allohdan seni so'rayman,sen uchun har kuni kundalik yozaman,glavniyingdagi biroz xafa statuslarni ko'rib senga nima bo'lganligi haqida o'ylab siqilaman,yig'layman,meni sevarmikansan deb o'ylab aqldan ozgudek bo'laman Allohdan yolg'iz seni visolingni,sog'ligingni so'rayman"-u shu gaplarni kundaligi har kuni yozardi bir kun ota-onasi bilan jamoa bo'lib namoz o'qishdi va u yana faqat u haqida o'ylab,o'sha gaplarini niyat qilib ovoz chiqarmay so'ray boshladi va ko'zlarini yumgan holda onasining pichirlashalarini eshitdi"Yo Alloh farzandlarimnining ilmini ziyoda qilgin ularni qalbini o'zinga bo'lgan muhabbat bilan to'ldirgin,doim baxtimga omon bo'lishsin orzulariga yetishsin...farzandlarimning..." u qo'llari duo ochilgancha ko'zlarini yumib dou qilayotgan onasiga termilib qoldi shu payt u doularida onasini unitib qo'yganini uning qalbiga ozor berib qo'yganda qanchalik xafa bo'lganligini hatto onasining telegram rasmlariga biror marta ham qaramaganligini o'yladi va butun vujudi ko'z yoshga aylanib to'kilayotgandek jim qoldi

P.S qanchalik xudbinmiza
1.9K viewsedited  05:18
Ochish/sharhlash