Get Mystery Box with random crypto!

#Hayrat_vaqti Bolalar ahmoq emas Kolumbiyalik yozuvchi Gabri | ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

#Hayrat_vaqti

Bolalar ahmoq emas

Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes fusunkor realizm (magik realizm) yo‘nalishidagi asarlari bilan butun dunyoga mashhur. Uning “Yuz yil yolg‘izlikda”, “Oshkora qotillik qissasi”, “Buzrukning kuzi” kabi asarlarini kitobxonlar sevib mutolaa qiladi.

Kunlarning birida Markes o‘zini bolalar adabiyotida ham sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, ertaklar yozadi. Asarlari mitti o‘quvchilarda qanday taassurot qoldirishini bilish uchun o‘z o‘g‘illariga o‘qishga beradi. Biroq natija kutilganidek bo‘lmaydi. To‘g‘riso‘z yozuvchining to‘g‘riso‘z bolalari bitta ertakni o‘qib chiqqach, uni shunday so‘zlar bilan qaytarib berishadi:

– Nima, bolalarni shunchalik ahmoq deb o‘ylayapsizmi?

Yosh shoir nomidagi ko‘cha

Odatda, o‘ttiz yosh atrofidagi ijodkorlarga ta’rif berilganda “yosh” so‘zi qo‘shib aytiladi. Balki shunga ko‘nikkani, ko‘ngani uchun ham “yosh”lar katta asarlar yozmaydi, katta badiiy izlanishlarga qo‘l urmaydi. Biroq tarixda nom qoldirgan juda ko‘p ijodkorlar o‘ttizda “yosh”lik darajasidan ancha olislab ketgan.

Buni mumtoz adiblarimiz hayoti misolida ham, o‘tgan asrda yashab o‘tgan yozuvchilar tarjimai holi misolida ham ko‘rish mumkin.
Atoqli ispan shoiri Federiko Garsia Lorkaning ijodiy faoliyati chinakam qalamkash adabiyotga jiddiy maqsadlar bilan qadam qo‘yishi va bu maqsadlarga ertaroq erishishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

U erta tanildi, asarlari sevib o‘qildi va qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Lorka hayotlik paytidayoq – 1931 yili Fuente Vakeros tumani hokimligi De La Iglesia ko‘chasini shoir sharafiga “Federiko Garsia Lorka” deb nomladi. Bu paytda u endigina 33 yoshga kirgan edi.

Agar iloji bo‘lganida…

Mashhur faylasuf Diogen faqirlikda kun kechirardi. O‘ta ziqnaligi va rahmsizligi bilan tanilgan bir kishi bir kuni unga dedi:

– Qani, bir urinib ko‘r-chi, balki meni sadaqa berishga ko‘ndirarsan.
Faylasuf bu “iltifotli” gapga shunday javob qaytardi:

– Agar seni biror-narsaga rozi qilishning iloji bo‘lganida, o‘zingni osishingga ko‘ndirgan bo‘lardim.

“Heminguey” nomli baliq

Ernest Heminguey baliq oviga qattiq qiziqqani, hatto baliq ovi musobaqasida muntazam ishtirok etgani ko‘pchilikka ma’lum. U ajoyib kunlarning birida 357 kiloli mako akulasini tutishga muvaffaq bo‘ladi.

1938 yili esa bir kunda 7 dona yelkanbaliq ovlab, jahon rekordini o‘rnatadi.

Yozuvchining qiziqishlari baliq ovlash bilangina cheklanmaydi. U ummonlarda yashovchi yangi baliq turini kashf etadi, keyinchalik bu baliq adib sharafiga “Neomarinthae Hemingwayi” deb nomlanadi.

Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni