Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya_vaqti Oilasini qutqarish uchun mashina oʻgʻirlagan ki | ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

#Hikoya_vaqti

Oilasini qutqarish uchun mashina oʻgʻirlagan kiyevlik inson hikoyasi


Yertoʻladan chiqqanimdan soʻng doʻkon yaqinida kaliti bilan turgan mashinaga koʻzim tushdi. Ikki soat davomida uni kuzatib turdim, egasini kutdim –  kelmadi. Oilamni olib, mashinaga oʻtirdim va Vinnitsaga –  qarindoshlarimnikiga yoʻl oldim.
Bir payt mashina qutisida turgan telefon raqamiga koʻzim tushdi. Bu mashina egasining telefon raqami ekan. Qoʻngʻiroq qildim:
–   Kechirasiz, men sizning mashinangizni oʻgʻirlab ketdim. Oilamni qutqarishim kerak edi.
–   Tushunaman, aslo havotir olmang. Mening toʻrtta mashinam bor. Oʻz oilamni “Jip”da olib chiqdim. Qolgan mashinalarni kalitlari bilan shaharning turli joylarida qoldirdim. Qogʻozga esa telefon raqamimni yozib qoʻydim. Mashinalarni olib ketganlarning hammasi qoʻngʻiroq qilishdi. Tinchlik boʻlsin, koʻrishguncha. Oʻzingizni asrang!

Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni