Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya_vaqti #Tasalli Uning shaharda uch yuz oʻrinli toʻyxon | ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

#Hikoya_vaqti
#Tasalli

Uning shaharda uch yuz oʻrinli toʻyxonasi, bitta dorixonasi, yana poyabzal va oziq-ovqat doʻkoni bor. Har kecha oʻringa kirdi deguncha boshqa hamkasblari xayolidan bir-bir oʻta boshlaydi-yu, oromi buziladi. “Eshmatning toʻyxonasi toʻrt yuz kishilik, Toshmatniki besh yuz... Pismadonchining dorixonasi ikkita, pistonchining super marketi bor...”
− E-e, har kuni toʻtiqushday bir xil gapni takrorlaganingiz-takrorlagan-a, tavba... – gʻudranadi xotini.
− Jim yot! Xalaqit berma! − poʻpisalaydi er.
Ayol “uf-f” deb karavotning chetrogʻiga surilib, narigi yonboshiga agʻdariladi. Er shahardagi jamiki toʻyxona, oshxona, dorixona, marketlarni sanashda davom etadi, ularning kimlarga, qanday omadli, ishi yurishgan odamlarga tegishli ekanini oʻylab, ijirgʻanadi, tishlarini gʻijirlatadi. Uyqusi butkul qochib, ustidagi eroni yopinchiqni tepib yuboradi. Turib oʻtiradi, yotadi, agʻdariladi, turadi... Saharga yaqin birdan yana allanimalar esiga tushib, oyoq-qoʻllarining tarang paylari biroz boʻshashadi. “Alining toʻyxonasi ikki yuz sakson kishilik, Valining bittagina dorixonasi bor, marketi ham mini...”
Shundan keyingina yopinchiqni ustiga tortib, pinakka ketadi.

Qamchibek KENJA

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni