Get Mystery Box with random crypto!

#Mantiq Mantiqdan imtihon bo‘lyapti. Professor: - Samolyot b | ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

#Mantiq

Mantiqdan imtihon bo‘lyapti.
Professor:
- Samolyot bortida 500 dona g‘isht bor. Bittasi samolyotdan tushib ketdi. Bortda nechta g‘isht qoldi?
Talaba:
- E, bu oson! 499 ta!
- To‘g‘ri. Navbatdagi savol: 3 harakat bilan filni sovutkichga qanday joylashtirish mumkin?
- 1. Sovutkichni ochamiz. 2. Filni joylashtiramiz. 3. Sovutkichni yopamiz.
- Davom etamiz. 4 ta harakat bilan bug‘uni sovutkichga joylashtirsa bo‘ladimi?
- 1. Sovutkichni ochamiz. 2. Filni chiqaramiz. 3. Bug‘uni qo‘yamiz. 4. Sovutkichni yopamiz.
- Barakalla! Jonivorlar podshosining tug‘ilgan kuni. Uni tabriklash uchun bitta hayvondan tashqari barcha jonivorlar kelishdi. Nima uchun?
- Chunki bug‘u haliyam sovutkichda.
- Ajoyib! - dedi professor. – Davom etamiz. Kampir timsohlarga to‘la botqoqlikdan o‘ta oladimi?
- Albatta, o‘ta oladi! Axir, hamma timsohlar sherning tug‘ilgan kuniga ketishgan-ku.
- Yaxshi! Endi oxirgi savol. Kampir botqoqlikdan o‘tdi, lekin baribir halok bo‘ldi. Nima hodisa ro‘y bergan bo‘lishi mumkin?
- Im-m-m... im-m-m... Ehtimol, u cho‘kib ketgandir?
- Yo‘q, kechirasiz, uning boshiga samolyotdan tushib ketgan g‘isht kelib urildi. QAYTA TOPSHIRASIZ!

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni