Get Mystery Box with random crypto!

​​​☆ ☆ ☆ Kuz keldi, xabar ol, azizim, Gulxaniy nigohlar muz b | Kitoblar ombori (blog)

​​​☆ ☆ ☆

Kuz keldi,
xabar ol, azizim,
Gulxaniy nigohlar muz bo‘ldi.
Jonimni achitib sochganim,
Bolmidi... yo taxir tuz bo‘ldi?

Ko‘zimdan suv keldi, duv keldi,
Olislab ketganda safaring.
Ey mening o‘zimga yaqinim,
Ey mening o‘zimga xatarim,
xabar ol!

Kuz keldi, azizim, iymanib...
Bir g‘arib onaday cho‘kdi tiz.
Ko‘zyoshi yumalar sarg‘ayib,
U yolg‘iz,
sen yolg‘iz,
men yolg‘iz!

Tushimga kiradi ko‘klamlar,
Ko‘klamday yashnatib so‘z keldi.
Ey mening bahorga oshig‘im,
Kuz keldi,
kuz keldi,
kuz keldi!

Kumush O‘SAROVA

@kitob_ombori