Get Mystery Box with random crypto!

PASTKASH INSONLARNING OBRO‘LI BO‘LADIGAN ZAMONI Abu Xurayra r | Kitoblar ombori (blog)

PASTKASH INSONLARNING OBRO‘LI BO‘LADIGAN ZAMONI

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Hali odamlarga shunday aldamchi zamonlar keladiki, unda yolg‘onchining gapini rost deb ko‘riladi, rostgo‘yni yolg‘onchiga chiqariladi, xiyonatchiga omonat qo‘yiladi, omonatdor xiyonatchiga chiqariladi, unda ruvaybiza gapdonlik qiladi», dedilar. «Yo Rasululloh, ruvaybiza kim?», deb so‘raldi. «Qadrsiz odam, – bir lafzda «aqlsiz odam» – ommaning ishiga taalluqli gaplarni gapiradi», deb javob berdilar».

(Ahmad «Musnad»ida, Hokim «Mustadrak»ida rivoyat qiladi, Alboniy Sahih degan.)

Sharh: Bizni zamonni "Ruvaybiza"laridan biri artistlar qo‘shiqchilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shiqchilarni asliga qarasak, musiqa ohangida bema’ni she’rlarni aytib beradigan ilmsiz va axloqsiz erkaklar va ayollardir. Boz ustiga ayollari obro‘ topish uchun tanasini hammaga ko‘rsatib ko‘z-ko‘z qiladigan buzuqilardir. Shunday past shaxsiyatlar bugungi kunimizda eng obro‘li, eng hurmatli insonlar ko‘rilayotganini, hammaning diqqat markazida, TV, internet olamida hamma uning hatti xarakatini, hayotini, kiyinishini kuzatgan, ularga taqlid qilganini ko‘rsak bo‘ladi. Aslida ular hech narsaga arzimaydigan, mutlaqo e’tiborga olinmaydigan eng past toifa hisoblanishar edi.

@kitob_ombori