Get Mystery Box with random crypto!

​​Kitob mutolaasi bu shunchaki maqtanish, vaqt o‘tkazish uchun | Kitob maskani

​​Kitob mutolaasi bu shunchaki maqtanish, vaqt o‘tkazish uchun bajariladigan jarayon emas.

Bu o‘rganish, fikrlash, anglash jarayonidir.

Bu son bilan emas, sifat bilan bajariladigan harakatdir.

Demak, diqqatni ko‘p o‘qishga emas, sifatli o‘qishga qaratish lozim.

Ammo bu aytilishi oson, bajarilishi qiyin bo‘lgan holatdir.

Agar oson bo‘lganda hamma bajargan bo‘lardi.

Qisqaroq qilib maqsadimni ayta qolaman.

Kitob o‘qisangiz, fikrlab o‘qing, tushinib o‘qing, shoshilmay o‘qing.

Bu poyga emas, bu yod olinadigan qonun emas, bu suhbat jarayonidir.

Siz diqqat bilan tinglamasangiz, eshitganlaringizni tahlil qilmasangiz, vaqtingiz samarasiz o‘tibdi.

Balki, adashayotgandirman, lekin vaqt ajratib o‘ylab ko‘ring!

Bu yuqorida aytib o‘tilganlar birinchi navbatda o‘zim uchun eslatma edi. Kitob o‘qing, fikr qiling!

@kitob_maskani