Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblar

Telegram kanalining logotibi kitob_im — Kitoblar K
Telegram kanalining logotibi kitob_im — Kitoblar
Kanal manzili: @kitob_im
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49
Kanalning ta’rifi

Kitob o'qish bilimni oshiradi, fikrlashni kengaytiradi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-07 06:04:01 Ey o‘g‘il, taslimiyat bilan huzur topasan, buni unutma!

O'g'lim! Yo'lingni sabr, rizo va shukr tushunchalari bilan bezat, shundagina ruh, aql va qalb salomatligiga erishasan. Chunki kasalliklar ruhiy zo'riqish deb ataladigan umumiy nom bilan ataluvchi tashvish, qayg'u, shoshqaloqlik, g'azab, kin va hasad kabi nopokliklar ta'sirida rivojlanib, tanadan mustahkam joy egallaydi.

Sog'lom, tetik va huzurli inson bo'lishni istasang, duch keladigan salbiy vaziyat va holatlarga, nafsingning xohish va istaklariga nisbatan sabrli, senga taqdir qilingan narsaga qanoatli, tili zikrli, bandadan minnatdor va Haqqa shukrli bo'lishing muhimdir.

O'g'lim! Sabr va rizo seni vijdonli, rahmdil va qanoatli, ezgu niyatli, hamma narsa Allohdan ekanini anglovchi "Kun" (Bo'l) amri bilan borliq sahnasida ko'plab go'zalliklar paydo bo'lishini bilguvchi va shu bilan iltijo qilguvchi go'zal inson bo'lishingni ta'minlaydi.

Sen sabr et, rozi bo'l va shukr qil. Umr atalmish bu safarda Haq har doim yor va madakoring bo'lsin.

O'g'lim!
Rahm-shafqat zirhini kiy. Rahm-shafqat shunchaki achinish, qayg'urish emas, ichida shukrni yashirgan taslimiyatdir. Ha, marhamat bu ruhiy taslimiyatdir. Shu taslimiyat bilan huzur topasan, buni unutm!

Bilol Kemikli

Farzandi arjumand kursi;
Odob-axloq kursi.

Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!

#odob_axloq

Kanalga ulanish: @mezanauz
23 views03:04
Ochish/sharhlash
2023-02-28 07:03:39 Qariyaga yaxshilik qiling

Faceapp dasturini ko’chiring. Rasmingizni yuklab, qaritish tugmasini bosing.

Yaxshilab qarang.

Bir kuni shu odam bo’lasiz. Qariya bo’lasiz.

Ibodat qiling. Qariya ortga qarab afsuslanmasin, quvonsin.

Pul ishlatishni emas, yig’ishni o’ylang. Qariya qariganda og’ir mehnatda yurmasin.

Ilm oling, tafakkur qiling. Qariyani oldiga rahm qilib emas, ilm izlab kelishsin.

To’g’ri ovqatlaning, sportga boring. Qariya uyida yashasin, kasalxonada emas.

Katta maqsadlar qo’ying. “Nima ish qilgansiz bobo(buvi)?” savoliga qariya uyalib qolmasin.

15 yoshingizdagi xatolaringiz uchun, tirranchani yomon ko’rasiz. Boshiga bir urib maslahat bersaydim deysiz.

Shu holatga yana tushmaslik uchun, maslahatlarni qariyadan deb qabul qiling.

@azizrakhimov_blog
39 views04:03
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:22:40
Ҳеч қачон "эрта" келмайди. Келганида унинг номи "БУГУН" бўлади. Шунинг учун ҳеч қачон эртани кутиб, бугунни зое қилманг.

Эртага режалаштирган ишингизни бугун битиринг.

Эртага бормоқчи бўлган жигарингизникига бугун боринг.

Бугун фарзандингиз билан билан чиройли вақт ўтказинг.

Бугун жуфтингизга яхши -ёмон, осон-қийин кунингизда, борингиз-йўғингизда ёнингизда бўлиб, қаҳрингизга нишон бўлгани учун ташаккурингизни билдиринг.

Бугун ранжитган инсонингизнинг кўнглини олинг.

Бугун ўзингизни хурсанд қилинг. Нима бўлса, бугунда бор, бугун ўзига хос кун. Эрта келмайди. Эрта мавҳум. Келганида ҳам унинг номи "эрта" эмас "БУГУН" бўлади.

Бугунимиз амал дафтаримизга хайрли ўлароқ қайд этилсин!

@umidaaziz — ҳаловат маскани
37 views18:22
Ochish/sharhlash
2023-02-24 21:21:20
Гуноҳлардан покланиб дуо қилгин.
Қандай қилиб гуноҳлардан покланаман?
Аллоҳумма солли ва саллим ва баарик ала Муҳаммад ва ала олиҳи ва асҳабиҳи ажмаъийн!...
Ижобатига гувоҳ бўлаётгандек саодатли руҳият билан дуо қилгин.
Бундай руҳиятга қандай қилиб эришаман?
Аллоҳумма солли аъла саййидинаа Муҳаммадин ва аълаа аали саййидина ва баарик васаллим,- дейиш билан...


@umidaaziz — ҳаловат маскани
24 views18:21
Ochish/sharhlash