Get Mystery Box with random crypto!

Qizlarning qadr-qiymati u kelin bo‘lib borgan joyda zolim er y | Kitoblar

Qizlarning qadr-qiymati u kelin bo‘lib borgan joyda zolim er yoki insofsiz oila boshilar tomonidan buzilsa, unga sabr tilash emas erkaklari ximoyasiga chiqishi lozim bo‘ladi. Ojizaning qadrini otasi, akasi, ukasi, amakilari va tog‘alari ximoyasida ekanini his qilgan zolim kim bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini yig‘ishtirib olishga to‘g‘ri keladi. Adolat buzilganda mazlumga sabr tilash, zolimga esa sukut qilish ojizlik bo‘lib, buning oqibatida kelajakda Inson binosining qulashiga olib keladi. Shariat shaxslardan ko‘ra qonunlarni ustuvor ko‘rishni talab qiladi. U onami, otami, qaynonami, qaynotami, ermi, kattami, olimmi, hokimmi, amirmi - hammasi shariatning nizomidan ustun qo‘yilmaydi va adolatni buzishga birortasiga imtiyoz berilmaydi. Uni ijrosi esa o‘zimizning qo‘limizda. Shaxslarni ustun qo‘yilganda adolat buziladi, shariat ustun qo‘yilganda hammaning haqlari ximoyalanadi.

@umarhalil