Get Mystery Box with random crypto!

Xat keladi– Haddi bilib yozilgan. Noma'lum yigitdan yana ma'lu | Kitap qizi📚☕

Xat keladi–
Haddi bilib yozilgan.
Noma'lum yigitdan yana ma'lum xat!
Duduqlanib bitgan
Sezaman uni:
"Men sizni... Men sizni
haligi... "–
Faqat.

Kimdan?! Axmoqona taxmin qilaman.
Na anglay olaman zohir hislarin.
Ishoning men Sizni, topmadim, biroq
O'sha kech tushimdan tinmay izladim.

"Sevimli og'riq" ning tuyumi achchiq–
Qish ham qadrsizdir men uchun qorsiz.
Epin qilayapsiz begonalikning,
Balki bilganlarim ichida borsiz!

Xat keladi– haddi bilib yozilgan...


Shahrizoda Botirova