Get Mystery Box with random crypto!

Kitabun

Telegram kanalining logotibi kitabunuzb — Kitabun K
Telegram kanalining logotibi kitabunuzb — Kitabun
Kanal manzili: @kitabunuzb
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 56
Kanalning ta’rifi

Kitabun – «Iftixor Books» nashriyoti rasmiy kitob doʻkoni
📍 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Talabalar koʻchasi.
🏢 Moʻljal: Ziyo Forum.
Buyurtma uchun: @kitabun_admin
🕊📚

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-19 14:08:11
«Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi» – Ahadquli Holmuhammad oʻgʻli

Ushbu risolada Imom Aʼzamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bogʻliq faoliyati halolligi, taqvosi va oʻgitlari yoritib berilgan. Risolani oʻqigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgoʻy va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda oʻziga tegishli xulosa chiqaradi, degan umiddamiz.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 29 500 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
143 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:08:11
«Ilm olish sirlari» – Imom Zarnujiy

Hadisi sharifda taʼkidlanganidek: «Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir».

Ushbu kitobda ilm olishga oid barcha zaruriy masalalar atroflicha yoritilgan. Mazkur asar ilm olish istagida bo‘lgan har bir kishiga: talaba-yu abituriyentga, maktab oʻquvchisi-yu magistrantga birday dasturulamal boʻlib xizmat qiladi, inshaalloh.

• Muqovasi: qattiq
• Narxi: 44 000 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
137 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:08:11
«Uchdan keyin kech» – Masaru Ibuka

Har bir bolada bir daho yashirin. Uning kim boʻlib voyaga yetishi esa kattalarning munosabati, tarbiyasi mahsulidir.

Qoʻlingizdagi kitob sizni bugun ishontirishnigina oʻz oldiga maqsad qilib olmagan. Kitobni oʻqib siz bola tarbiyasiga oid oddiy va tushunarli usullar bilan tanishasiz. Faqat bu borada kechikib qolmasligingiz lozim.

Kitob oʻz bolasining kelajagi uchun qaygʻuradigan barcha ota-onalarga moʻljallangan.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 37 500 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
117 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:08:11
«Oisha roziyallohu anho» – Tavakkal Kenjayev

Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anho moʻminlarning onalari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayollari, juda koʻplab hadislar rivoyat qilgan muhaddisa edilar.

Xadicha roziyallohu anho onamiz kabi ularga ham Alloh taoloning farishtasi Jabroil alayhissalom Parvadigorning salomini keltirgan. Jabroil alayhissalom bir necha bor Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tushlariga kirib, «Bu sizning dunyo va oxiratdagi juftingizdir», deya xabar bergan. Qolaversa, Oisha roziyallohu anho onamizning pokligi haqida Alloh taolo Qurʼoni karimda oyatlar nozil qilgan.

Mana shunday fozila ayolning bu hayotda yashab oʻtgan umr yoʻllarini, axloq-u fazilatlarini oʻrganish, namuna olish va boshqalarga yetkazish siz-u biz uchun ham farz, ham qarzdir. Barchamizga ushbu yoʻlda Parvardigorning Oʻzi madadkor boʻlishini soʻraymiz.

• Muqovasi: qattiq
• Narxi: 38 500 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
56 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:08:10
«Yolvoraman, xiyonat qilma» – Amina Shenlikoʻgʻli

Ushbu asar Chanoqqalʼa qamoqxonasida dunyoga kelgan. Amina Shenlikoʻgʻli asar yozishni oʻsha yerda boshlagan va Istanbulda tamomlagan.

Muallif muqaddimada shunday deydi: «Yozuvchi odam hordiq chiqarib, xotirjam boʻlgach, qalamini qoʻlga olishi va yozayotgan asari tugaguncha jamiyatdan biroz uzoq turishi kerak. Ana shunda ijodining foydasi, samarasi koʻproq boʻladi. Ayniqsa, roman yozuvchilar uchun bu tavsiya etiladigan zarur shartdir».

Bu kitob odamning hislarini qoʻzgʻab, yigʻlashga undamaydi. Ammo atrofga teran boqib, tafakkur qilishga chorlaydi.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 38 500 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
48 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-19 14:08:10
«Atom odatlar» – Jeyms Klir

Ushbu kitob sizga nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi.

Agar odatlaringizni oʻzgartirishni uddasidan chiqa olmayotgan boʻlsangiz, muammo sizda emas. Muammo tizimda. Yomon odatlar takrorlanaverishining sababi siz ularni oʻzgartirishni xohlamayotganingizda emas, balki oʻzgarish uchun notoʻgʻri tizim tanlaganingizda. Siz maqsadlaringizning darajasiga koʻtarilmaysiz, bilʼaks tizimlaringiz darajasiga tushib qolasiz. Mazkur kitobda esa sizni yangi choʻqqilarga olib chiquvchi sinashta tizim bilan tanishasiz.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 47 000 soʻm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
47 viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:59:28
«Olam va odam, din va ilm» – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

«...Mavzuimiz asosan Yevropa, uning cherkovi, xalqi va tarixiga oid bo‘lgani uchun ko‘proq yevropaliklarning o‘zlarining manbalaridan foydalanishga harakat qildik. Bunda hozirgi sharoitda ko‘pchilik o‘zimizning gapdan ko‘ra Gʻarbning gapini qabul qilishi osonligini ham hisobga oldik. Turli sabablarga ko‘ra, odamlarimiz biror masala o‘zimizdagi ma’lumotlar asosida bayon qilinsa, uncha ta’sirlanmaydigan, «Yevropada yoki Amerikada aniqlanibdi», «Yevropada unday bo‘libdi», «Amerikada bunday bo‘libdi», deyilsa, astoydil ishonadigan bo‘lib qolishgan. Buning ustiga, qarshi tarafning o‘zi e’tirof qilgan haqiqatlarning ta’siri kuchli bo‘lishi ham turgan gap...»
Muallif

• Muqovasi:
qattiq
• Narxi: 52 000 so‘m

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
67 viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:59:20
«Oʻzingga mehr ila» – Olga Primachenko

Ushbu kitob oʼziga befarq boʼlmaganlar uchun. Uzoq vaqt mobaynida oʼzining istaklarini anglamagan va eʼtiborsiz qoldirganlar uchun. Oʼzining his-tuygʼularini yashirgan, oʼzining mavjudligini qabul qilmagan va oʼzining betakror jihatlarini nima ekanini bilmagan, ammo bugun oʼz-oʼziga doʼst boʼlishni istagan har bir kishi uchun.

«Аgar kutubxonamda insonning oʼziga boʼlgan mehri haqida birgina kitobni qoldirishimga toʼgʼri kelganida, men chuqur maʼnoli, taʼsirli va haqiqatga toʼla boʼlgan aynan ushbu kitobni tanlagan boʼlardim». – (Tatyana Mujitskaya. Psixolog, «Menga hech narsa mumkin emas» va «Аql bovar qilmas hodisalar nazariyasi» asarlarining muallifi)

• Muqova: yumshoq
• Narxi: 39 500 so‘m

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
62 viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-21 13:59:11
«Aqoid ilmi va unga bog'liq masalalar» – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Kitobda aqiydaga oid o‘rganilishi kerak bo‘lgan asosiy mavzular haqida so‘z ketadi. Shuningdek, ushbu ilmda ko‘zga ko‘ringan ulamlarning hayot yo‘llari, ilmga bo‘lgan xizmatlari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

So‘fi Allohyor "Aqiyda bilmagan shaytona eldur", degan edilar. Ushbu gap bekorga aytilmaganini ayniqsa hozirgi kunda ko‘p guvohi bo‘lyapmiz. Aqiydamizni bilishimiz uchun esa shu mavzuda yozilgan moʻtabar, ishonchli, manbasi sahih bo‘lgan kitoblardan foydalanishimiz zarur. «Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar» kitobi esa sizga bu borada yordamchi bo‘ladi, inshaalloh!

• Muqova: qattiq
• Narxi: 46 000 so‘m

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
55 viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-19 09:55:28
«Alfido» – Onur Qoplon

Inson dunyoga kelar ekan, ikki yo'lga duch keladi, biri yaxshilik, boshqasi yomonlik. Alloh taolo bandasiga aql berib, unga shu ikki yo'lni taklif qildi. Ba'zi bandalari aqlini ishlatib yaxshilik yo'lini tutishi kerakligini aytadilar, yana ba'zilari aqlni ishlatib yaxshilik yo'lini o'zi uchun yaxshiligini bilib, ammo nafsiga yengilish natijasida u yo'ldan yura olmadilar, lekin taslim ham bo'lmadilar, aksari bo'lsa aqlni ham ishlatmasdan nafsga yoqqan yo'l bo'lmish yomonlik yo'lini tutdilar. Kitob aynan ikkinchi yo'l — aqlni ishlatganu, lek nafsiga yengilgan, ammo taslim bo'lmagan bir qizning hayoti haqida.

• Muqova: yumshoq
• Narxi: 29 000 so'm

Buyurtma berish: @Kitabun_admin

@kitabunuzb
108 viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash