Get Mystery Box with random crypto!

«Qoʻrqma» – Javlon Jovliyev Roman oʻtgan asrning yigirmanchi | Kitabun

«Qoʻrqma» – Javlon Jovliyev

Roman oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bagʻishlanadi.

Roman voqealarini qisqacha soʻzlar bilan ifoda etib boʻlmaydi. Barchasi shu qadar tigʻizki, shoshirib qoʻyadi. Majoz, obraz, ifoda, oʻt, hech kimnikiga oʻxshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, koʻrinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik daʼvosidagi yolgʻonlar, ruh va qondagi paradokslar sizni oʻtmish va kelajak kuyiga asir qiladi, oʻylatadi, yigʻlatadi va achchiq-achchiq kuldiradi. Oʻtgan asr boshida Germaniyada oʻqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.

• Muqovasi: yumshoq
• Narxi: 43 000 soʻm

Murojaat uchun: @Kitabun_admin

@kitabunuzb