Get Mystery Box with random crypto!

Alloh subhanahu taolo bizga xozirgi kunda masofaviy ta'limni o | Kitabun ☘️🍀كِتَابٌ

Alloh subhanahu taolo bizga xozirgi kunda masofaviy ta'limni olish imkoniyatini in'om qilib, hatto ustozni nigohiga yuzma-yuz turmasdan ularga bo'lgan qalbimizda ishqni solib qo'yapti Alhamdulillah.
Uyda o'tirib qancha soliha opa-singillarimiz Alhamdulillahki ancha o'sishyapti, ilmni lazzatini tatib qolishgan, ustoz desa etlari junchukib ketadigan xolgacha kelish maqomiga ham yetib kelganlar bor bo'lsa kerak oramizda inshaalloh.

Ustozlarimiz aytishardi.
<<Ustozingizni sevmaguningizcha undan sizga kelayotgan, berilayotgan ilm yuqmaydi .
Bir kitobni o'qishga kirishsangiz kitob muallifini haqqiga duoyu istig'forlar aytib, agar dunyodan rihlat qilgan bo'lishsa imkon qadar qabrlarini ziyorat qilib, qabrlari qarshisida Qur'on tilovat qilib bag'ishlab Allohdan mag'firat so'rab keyin o'sha kitobni boshlang>>
deyishardi.

Ustozlarimiz sizlar biz uchun ne'matsiz dunyodagi eng katta ne'mat Alhamdulillah.
Sizlarga munosib izdoshlardan qilsin robbim amiyn ajma'in.

Olimlar payg'ambarlarning merosxo'rlaridirlar.