Get Mystery Box with random crypto!

#tayinlov Suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi Kitob tum | Kitob tumani hokimligi

#tayinlov

Suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi

Kitob tumani Suv xo`jaligi bo`limi boshlig`i vazifasida 2017-yildan buyon ishlab kelayotgan Diyor Tursunovning boshqa ishga o`tishi munosabati bilan ushbu vazifaga Berdiyev Dilmurod Jumayevich 3 oy sinov muddati bilan tayinlandi.
Shu munosabat bilan bugun mazkur bo`limda xodimlar ishtirokida yig`ilish o`tkazildi. Unda tuman hokimi Alisher Zakirov yangi tayinlangan nomzodni jamoaga tanishtirdi hamda unga ishonch bildirib, keyingi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Ma`lumot o`rnida, D.Berdiyev 1984-yilda Kitob tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar Kitob tumani qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`ining agrotexnologiya masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

Facebook | Instagram | Web sayt| Telegram | Twitter | YouTube