Get Mystery Box with random crypto!

— Turmush qurgach, ahil yashab keta olishni oldindan bilishnin | 🐳obchi

— Turmush qurgach, ahil yashab keta olishni oldindan bilishning biror yoʻli bormi?

— Bu oson ish emas, — jilmaydi Morri.

— Ha bilaman.

— Shunday boʻlsa-da, — dedi Morri, — tajribamdan aytishim mumkinki, muhabbat va oilaviy hayotga oid ayrim qoidalar mavjud: umr yoʻldoshingni hurmat qilmasang, muammolar girdobida qolasan. Murosa qilishni bilmasang, muammolar girdobida qolasan. Munosabatlaringiz haqida ochiqchasiga gaplasha olmsang, muammolar girdobida qolasan. Va agar hayotiy qarashlaringiz turlicha boʻlsa, muammolar girdobida qolasan. Qarash va qadriyatlaringiz bir xil boʻlishi lozim. Bu qadriyatlarning eng asosiysi nima ekanini bilasanmi, Mich?

— Nima?

— Turmushing sen uchun ahamiyatli ekanligiga boʻlgan ishonching.

...

Morrining seshanba darslari.
@kit_obchi