Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: oyiga salkam 2 mln so‘m to'lanadigan yangi stipendiya | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

Rasman: oyiga salkam 2 mln so‘m to'lanadigan yangi stipendiya ta’sis etildi

Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023 yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi.

Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Oliygoh_Edu_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarOfficial