Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bilis | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 10-11- va 17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 12-iyun1-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-06-05

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Oliygoh_Edu_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarOfficial