Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: 2023-yilda texnikumni bitirganlar oliy ta'lim muassasa | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

Rasman: 2023-yilda texnikumni bitirganlar oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida 2-kursdan qabul qilinadi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Asos: Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra.

Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Ammo, bu tartib texnikumni bitirgan hammaga tegishli emas!

Barcha semestr baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @Oliygoh_Edu_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarOfficial