Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul k | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

​​​​​​“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul kerak faqat!

Abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda super kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

2020-yili super-kontrakt narxlari 46 milliondan 229 million so‘mgacha boʻlgan edi

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini
@Oliygoh_Edu_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarOfficial