Get Mystery Box with random crypto!

Rasman! 2023-2024-o‘quv yili uchun javoblar varaqasi namunasi | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

Rasman! 2023-2024-o‘quv yili uchun javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni tasdiqlandi.

Qayd etish kerakki, tasdiqlangan baholash mezoni (test topshiriqlari soni) va javoblar varaqasi namunasi 2022-2023-o‘quv yilidagi bilan bir xil bo‘lib, baholash mezoniga ham, javoblar varaqasiga ham o‘zgartirish kiritilmagan.

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@Kirish_Ballari