Get Mystery Box with random crypto!

​​​​BOʻSH KELMANG! Bu yil talabalik baxti nasib qilmagan doʻst | 𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024

​​​​BOʻSH KELMANG! Bu yil talabalik baxti nasib qilmagan doʻstlarimiz uchun.

Afsuslar egkanda boshingiz
Men sizga rost soʻzni soʻzladim
Siz xali koʻp ishga qodirsiz
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Intilgan ilojin topadi
Xatolar daftarin yopadi
Yaxshi ot keyinroq chopadi
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Ilmga baxshida qalb qoʻri
“Xech ortga qaytma” der gʻururi
Eng zoʻri boʻlasiz, eng zoʻri
Talaba boʻlmagan doʻstlarim

Togʻlardek mustahkam axdingiz
Dunyoni lol qilsin shaxtingiz
Albatta kuladi baxtingiz
Talaba boʻlmagan doʻstlarim...

Ushbu sheʼrni kimga yuborish kerakligini bilasiz!

Safimizga qo'shiling

@dtmuzb2022