Get Mystery Box with random crypto!

Kino Club

Telegram kanalining logotibi kino_restoran — Kino Club K
Telegram kanalining logotibi kino_restoran — Kino Club
Kanal manzili: @kino_restoran
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 462
Kanalning ta’rifi

Chiqish

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-20 20:23:50
2023 yil uchun kutish kerak bo'lgan o'z filmimni topdim.
Film neo-nuar triller janrdaligining o'ziyoq etiborimni juda o'ziga qaratdi. Chunki, bunaqa janrdagi loyihadan hazilakam narsa yaratilmaydi, odatda.
Yolg'iz va sovuqqon, o'z uslublariga ega, qayg'u va pushaymonlik hislari umuman bo'lmagan qotil haqidagi film. Syujetda eng zo'rlaridan biri bo'lgan qotilning tinch hayot qurishga bo'lgan istagi fonida o'z rahbarlariga qarshi shiddatli kurashi haqida so'z boradi.
Aql-idrok, axloq, oʻlim mavzulari va neo-nuar triller janri filmni Devid Fincherning o'sha mashxuuur "Se7en" filmiga olib boradi. Aytgancha, bu ham uning filmi, ssenarist ham o'sha-o'sha. Rejissyor, aynan o'sha yutug'ini yana qayta takrorlashga umid qilgan ko'rinadi chog'i, nu men qisman deb o'ylayabman.
Tavsiflardan bilishim mumkinki, bo'lajak filmda, "Se7en" sehrining bir qismini tiklay oladigan darajadagi hayratlanarli ingredientlar bo'ladi va bu albatda filmni e'tibordan chetda qoldirmay kutishga arziydi.
10-noyabr.
346 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 17:23
Ochish/sharhlash
2023-03-15 19:33:03 Kinoga qiziqishim bir bahona edi,
U yerdan seni izladim
544 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 16:33
Ochish/sharhlash
2023-03-15 19:27:11 Uzmovi kanali ishlashi shu tarzda amalga oshirilgan.
Birinchi zaxira kanalda postlar havola ichiga o'ralib tayyorlangach asosiyga yo'naltirilar edi. Bu yerda harflar orasidagi ochiq joylarda o'sha zaxira kanal useri berkitilgan bo'ladi va o'sha kichik havolani bosib bosib topsangiz zaxira kanalga yo'naltiradi.
530 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 16:27
Ochish/sharhlash
2023-03-15 19:22:34
Kanalim obunachilari uchun lifehack. Kino kanal yuritish bo'yicha bunaqa sekretlarni o'rganganimga ancha yillar bo'lib ketgan, birini sizlarga ko'rsatgim keldi.
O'sha kezlari shu va shu singari boshqa sekretlarni o'rgatish mumkin emasdi, no hozir menga ahamiyatsiz, biladiganlar topilar oramizda, ammo bilmaydiganlar ham yetarlicha.
Bu narsa siz kino kanal yuritvotgan bo'lsangiz va sizdan tayyor postni o'g'irlashvotgan bo'lsa asqotadi. Bitta zaxira kanal ochvolasizde yuqoridagi kabi ishlarni bajarasiz va uni uzatib asosiy kanalingizda tashlaysiz, undan olib o'zinikiga tahrirlamoqchi yokida sizdan uzatib o'zinikiga shundo tashlamoqchi bo'lsa kino yo'q bo'lib qoladide, matnni o'zi qolib ketadi
Bunaqa havola yaratilgach sizning kanalingiz userini tahrirlay olmaydi, userga tahrir kiritishi bilan matnni o'zi qolib ketadi.
534 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 16:22
Ochish/sharhlash
2023-03-14 19:03:24
"65" filmini ko'rudim, ne ne ko'zlar bilan qarasamki, hujjatli film ko'rganday bo'ldim
Ko'rishimga yetarlicha sabablar bor edi, xuuu o'sha dinozavrlar zamonidagi atmasferani his etgan holda madaniy hordiq chiqaraman deb o'ylagandim, Adam Driver xarizmatik top aktyor bosh rolda, plus vizual effektlar asosiga qurilgan, dinozavrlar zamoni, texnologiyalar, qorong'u atmasfera, yaxshi ishlangan treyler, normalni marketing ishlari olib borilgan holda trentda bo'lishi kerak bo'lgan film edi.
Afsuski, bir tiyinga qimmat film ekan, yuqorida sanab o'tganlarimning hech qaysi biriga arzimaydi , xuddi bu yilgi Oskar mukofoti sovrindor filmlari kabi.
Yaqin orada tv hamda saytlarimiz tarjima qilib qolishsa, ko'rib o'tirmangizlar, shaxsiy fikr, o'sha 2 soat vaqtingizni mazmunliroq o'tkazing.
446 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, edited  16:03
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:26:00
Ulg'aytirish kerak, faqat yoshni emas)
439 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 12:26
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:09:16
Bejizga emas uni eng zo'ri deb bilishim.
Shunchaki sizlar zavqlanib ko'rib, kuzatib, muxlislik qivotgan qaxramonlaringiz rolini o'ynayotgan aktyorlar uni oldida havoskor. DDD-daraja.
Old
438 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, 12:09
Ochish/sharhlash
2023-02-23 17:35:04 Bir janrga yoki bitta umumiy kinomatik olamga bog'lanib qolishni istamaydiganlar uchun yaxshi film. Notinch hislar, hissiy haqiqatlar, ruhiy tushkunliklarni ko'rish mumkin, bundan bilish mumkinki yaxshigina emotsianal, xar xil hislarga anchagina boy bo'lgan hayajonli, yaxshi gotika uslubidagi film, ayniqsa ayol ijrosida bunaqangi ichki hislarni his etib ko'rish tomoshabinda faqatma faqat plus ustiga pluslar uyg'otadi. Yorkshir grafligi juda mashxur bo'lgan va ancha go'zal manzaraga ega, Emily Bronte umrining ko'p qismini aynan shu yerda o'tkazgan va o'sha davrning ko'ylagi, go'zal qalpoqlari, sham yoritilgan xonalari va ot aravalari bilan daxshat atmasfera yoritilgan. Cho'qqilari, vodiylari va o'tlari bilan rang-barang osmon bilan, transsendental (tabiatga mehr qo'yish, zavqlanish, o'z tassavuridagi joyda bo'lish) orzular uchun munosib dramatik ajoyib bir fon yaratilgan, lekini bor, Emilini maftunkorligini oldida tabiat ham hijolat tortadi
Emilining tabiatida kuch va soddalikdan tashqari, murakkab madaniyat, g'ayrioddiy did va tashqarisida yashirin kuch va olov yotardi, shuningdek juda qatiyatli, mehribon, isyonkor va yovvoyiroq edi. Emma Makki esa jozibali ijrosi uyg'unligi bilan qorong'u adabiy figurani jonlantiradi. Film bu bir lahzani suratga olish emas, balki notanish odamni qo'lga olish haqida. Chunki, Emily Bronte haqida juda kam malumotlar bor, faqatgina bitta roman va bir nechta sherlar yozib qoldirgan, shu sababli filmda u haqidagi qolgan bo'shliqlar ehtiroslar va afyun kabi narsalar bilan to'ldirilgan, yoshlarga tavsiya etmiman, prosta tak hali bor mazmunni tushunishga. O'sha birgina romani, yani hozirgi filmimiz asoslangan ushbu roman "Wuthering heights" bo'lib, Buyuk britaniyaning eng mashxur romanlaridan biri sanaladi va undagi romantik sevgi hikoyasi tarixdagi eng yaxshi romantik sevgi romanlaridan biridir. U yashagan davrda ayollardan ko'ra ko'proq erkaklar taraqqiyoti ustun ko'rilgan va bu davrda ayollarning adabiy asarlari keskin tanqid qilingan va umuman e'tibordan chetda qolgan. Va Emily Bronte ayollardan ko'ra erkaklar taraqqiyotini afzal ko'rgan dunyoda muvaffaqiyat qozongan yagona ayol hisoblanadi. Sevgi har tomonlama o'rganiladi, sevib qolishning quvonchlaridan tortib, yurak ezilishining azoblarigacha. Emma Makkining o'ziga xos jozibali nigohi bor, u har qanday davr bezaklarini o'ziga singdira oladi va bu uni istehzoli Emily uchun mukammal qildi. Kitobsevarlarni fikrlashi, tushuntirishi kinomanlarnikichalik bo'lolmaydi, balki xato aytgandirman xafa bo'lmang, ammo kitoblardagi kunlab o'qishga ketgan vaqtlaringiz filmda 2 soatda asosiy mazmunlari bilan moslashtiriladi va top kinoman kerak bo'lsa usha kitob haqida siz o'qib tushunganizdan ko'ra ko'proq asosli qilib aniq tushunchalar bilan tahlil qila oladi. Kinomanning kinomanligiga sabab, u yoritilayotgan voqeaning asl mohiyatini to'laligicha tez tushuna olishidadir, filmlar esa doim qanaqadir kitob, hujjatlarga asoslanadi.  Shunday ekan, joyi bo'lsa, o'qib olib ham tezroq tahlil qila oladi, mazmunliroq fikr bildira oladilar, chunki miya o'tgan ikki soat ichida tahlilga tayyor bo'ladi va bir o'qib olib keyin esimdan chiqib qoldi eslatvoring ustoz deb o'tirmaydi. Kinomanlar bildirgan fikrga shart emas avval kitobini o'qib, keyin fikr bildiring deb aqil bildirish.
726 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, edited  14:35
Ochish/sharhlash
2023-02-23 17:34:56
Bugungi film haqidagi tahlilim Buyuk Britaniyadagi eng mashxur romanlardan biriga asoslanib yaratilgan film haqida bo'ladi.

"Emily" filmini ko'rdim iliq eyforistik tassurotlar ila.
"Andisha va G'urur" filmini juda yoqtirganman va doim Kira Naytlining o'sha filmdagi rolini sindira oladigan yana shunga o'xshash personajni ko'rishni istaganman, ko'z qarashlari va maftunkorligi bilan mahliyo qila oladigan darajadagisini va uni topdim. "Emily" biopik janrdagi film hisoblanadi. Menga yoqadi biopika, lekin mavsumiga qarab janr ajratib ko'radigan odatim bor, menimcha ayni bahor oylarida bunaqa janrdagi filmlarni ko'rish anchayin qulay, tam atmasferasi ham singib ketadi, bu ayni muddao. Biopika haqiqiy inson hayotidagi voqeani tasvirlaydigan badiiy bo'lmagan film. Biografiyadan farq qiladi. Ayniqsa ko'p kitob o'qib qo'yganlar, biografik janr bilan adashtirmangizlar va karta haqida kitob yozadigan no name o'zbek yozuvchilaringizni meni postlarimda tiqishtirmanglar.
581 views𝙰𝚣𝚣𝚎𝚕𝚏, edited  14:34
Ochish/sharhlash