Get Mystery Box with random crypto!

Demokratiya diktaturadan keyin tiklanib qolmaydi 'Oltin Globu | Kino Club

Demokratiya diktaturadan keyin tiklanib qolmaydi

"Oltin Globus" g'olibi va "Oskar"ga nomzodi qo'yilgan "Argentina 1985" filmi syujeti haqiqiy adolat qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Huquqiy triller janrdagi film. Shaxsan mazza qilib va mazmuniga tushunib ko'rdim, chunki yuridika qonda bor. Huquqiy triller hisoblangani uchun juda detallarigacha e'tibor qaratib ko'rdim.
1976 yildan 1983 yilgacha bo'lgan davr oralig'ida Argentinada Diktatura tufayli 30 mingdan ortiq inson noname bo'lgan, ya'ni yo'qolgan. Bu voqealar sabab juda katta sud jarayonlari, izlanishlar, hujjatlar, yashirin rejalar tuzilgan. Adolatni mavhum tushunchadan haqiqatga aylantirish uchun zarur bo‘lgan qat’iy huquqiy jarayonlarni ko‘rsatib beruvchi film.
O'n minglab odamlarning o'limiga sabab bo'lgan ko'p yillik repressiyalardan so'ng Argentinaning demokratik kelajagini ta'minlashga yordam bergan harbiy xunta a'zolariga qarshi murakkab sud jarayoni haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ehtimol yoqmasdir, ammo yo'nalishi to'gri kelsa ko'rish kerak.