Get Mystery Box with random crypto!

'Kinder school' fan olimpiadasi saralash bosqichi start oldi. | Kinder school|English

"Kinder school" fan olimpiadasi saralash bosqichi start oldi.

Matematika va ingliz tiliga iqtidori bor 3-4-5-6-sinf o'quvchilar qayerdasizlar? Biz sizlarni qidirmoqdamiz!

Bizda yangiliklar bor!

1. 1-Saralash bosqichi maktablarda har bir sinf kesimida bo'lib o'tadi. Har bir sinfdan yuqori natijali o'quvchilar 2-bosqich saralashga yo'llanma oladi. 1-saralash bosqichida har bir sinfdan faqat 1 nafardan 1-o'rinni olgan o'quvchi taqdirlanadi.

2. 1-saralash bosqichidan o'tgan yuqori natijali o'quvchilar o'rtasida 2-bosqich bo'lib o'tadi. 2-bosqichda esa super 24 ta o'quvchi chegirmali vaucher, g'oliblik sertifikati va estalik sovg'lar bilan taqdirlanadi.

3. 1-va 2-saralash bosqichlari mutlaqo bepul tarzda, belgilangan sinflar kesimida, o'zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.

Faqat ota onalardan faolik talab etiladi. Chunki qaysi maktablarda o'tkazishimiz izohlardagi fikrlarni inobatga olgan holda tanlaymiz.

Biz har bir maktabga borishni istaymiz lekin, vaqt tomonlama biz ulgura olmaymiz. Shuning uchun faqat taklif etilgan maktablarda navbatdan tashqari olimpiada o'tkazamiz.

P.s Bu habarni imkon darajasida tarqating va bizni yangiliklarimizni kuzatib boring.

Kunlik yangiliklarni sizlar bilan ulashib boramiz.
@kinderschooluz