Get Mystery Box with random crypto!

Sifat reaksiyalari CO2 rangsiz gazi hosil bo'lganligini si | Kɪᴍʏᴏ|Cʜᴇᴍɪsᴛʀʏ🎓

Sifat reaksiyalari

CO2 rangsiz gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq ohakli suvdan o'tkazilganda loyqalanadi (kalsiy karbonat cho'kmasi hosil bo'ladi)

HCl gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq AgNO3 eritmasiga yuttirilganda oq pag'a cho'kma (AgCl) hosil bo'ladi


SO2 gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: Ba(OH)2 eritmasi bilan ta’sirlashganda oq cho'kma (BaSO3) hosil bo'ladi, yana gazning o'zi o'tkir hidli yallig'lanish chaqiradigan gaz

Ammiak gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: Ho'llangan lakmus qog'ozi gazga tutilganda ko'karadi.

. SO3 gazi (suyuq holatda bo'lishi ham mumkin) hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq Ba(OH)2 eritmasi bilan ta’sirlashganda oq cho'kma (BaSO4) hosil bo'ladi

H2S gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: AgNO3 eritmasiga yuttirilganda qora cho'kma (Ag2S) hosil bo'ladi, gazning o'zi esa palag'da tuxum hidli bo'ladi

. NO rangsiz gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: havoda o'z-o'zidan kislorod bilan oksidlanib, qo'ng'ir rangli NO2 gazini hosil qiladi

Xlor gazi sifat belgilarini keltiring. J: sarg'ish-yashil rangli, o'tkir hidli gaz. Suvga yuttirib, shu suvga lakmus solinganida qizaradi. Chunki HCl kislotasi hosil bo'ladi.

. HBr uchun sifat belgilarini keltiring. J: suvda eritilganda sariq rangli eritma hosil bo'ladi, aynan HBr ekanligini unga AgNO3 eritmasidan quyib aniqlash mumkin lekin, bunda AgBr sariq cho'kmasi hosil bo'ladi.

HF gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: o'tkir hidli gaz, ohakli suvdan o'tkazilganda loyqalanadi oq rangli CaF² cho'kmasi hosil bo'ladi
________________________
Online Kimyo Maktabi
@kimyo_time_zk98
@kimyo_time_zk98_group