Get Mystery Box with random crypto!

#malumot #qollanma ​Indikatorlar Indikatorlar - eri | KIMYO | IQ | Shohrux SHAVKATOVICH

#malumot #qollanma

Indikatorlar

Indikatorlar - eritma muhitiga qarab rangini o'zgartiruvchi moddalardir.

Suvli eritmalarning muhitini bir nechta usullar bilan aniqlab olish mumkin. Bulardan biri eritma muhitiga qarab rangini o'zgartiruvchi indikatorlarni qo'llashdir.

Indikatorlar sifatida amaliyotda ko'proq quyidagilar ishlatiladi :

• Metil zarg'aldog'i
• Lakmus
• Fenolftalein
• Universal indikator

Indikatorlar rangini qanday qilib eslab qolish mumkin ?

Lakmus

• Xamelion reaktiv
• Ishqoriy muhitda osmondek ko'karadi
• Kislotaga tushib qolsa jaxli chiqib qizaradi

Metilzarg'aldog'i

• Ishqor sababli u kasaldek sarg'ayadi
• Kislotalardan uyalganidan qizaradi
• Hech ikkilanmasdan suvga talpinadi, chunki bu yerda u har doim to'q sariq rangda bo'ladi.

Fenolftalein

• Boshqalar uchun kislotaga tushish omadsizlik bilan tengdir, lekin u hech qanday ko'z yoshlarsiz, ortiqcha so'zlarsiz o'zgarmasdan chidaydi.(rangsiz)
• Ishqoriy muhitni esa, bolalar malinani yoqtirishgandek yoqtrishadi.

Shohrux | Shavkatovich

KIMYO | IQ kanali !
https://t.me/joinchat/AAAAAE5NYzoJXXqQGetCig
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬