Get Mystery Box with random crypto!

Bu haqida kimyo fani o‘rgatadi... Ba'zi tuproq muhiti boshqal | KIMYO-BIOLOGIYA ||rasmiy

Bu haqida kimyo fani o‘rgatadi...

Ba'zi tuproq muhiti boshqalarga qaraganda ko'proq kislotali bo'lishi mumkin. Bu hosildorlikni kamayishiga sabab bo'ladi. Har bir o'simlikning sevimli tuproq muhiti pH darajasi mavjud. Akbar Farg‘ona viloyatida yashaydi. Uning  katta Yer maydoni bor. U  karam yetishtirishni rejalashtirdi va tuproq muhitini tekshirib ko'rdi. Tuproqning pH darajasi 4,5 ga teng. Karam yetishtirish uchun tuproq juda kislotali. Akbar tuproqqa asos qo'shadi hamda tuproqdagi kislotaning bir qismini neytrallaydi. Tuproqning pH darajasi  6,0 gacha ko'tariladi. Endi tuproq karam etishtirish uchun mos keladi. Karam o'simligi pH 6,0 dan 7,0 gacha bo'lgan tuproqda eng yaxshi o'sadi.

Ba'zi o‘simliklarning eng yaxshi o'sishi uchun tuproqning pH muhiti:
olma daraxti  5,0-6,8
karam  6,0-7,0
piyoz  6,0-6,5
choy  5,0-6,0
pomidor  5,5-7,0.

Eritma muhitini aniqlashga oid shunaqa hayotiy va qiziqarli topshiriqlarni berib borish maqsadga muvofiq. Har qanday o‘quvchini qiziqtira oladi.
Sevara Xasanova