Get Mystery Box with random crypto!

#USTOZ Ustozga xurmat tolibi ilmlar hayotidan. Imomi a’zam A | Kimyo | Bahromiddin Murodov

#USTOZ

Ustozga xurmat tolibi ilmlar hayotidan.

Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan shunday deganlari rivoyat qilinadi: "ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. (Nafaqat u) Balki, kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman".

Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh: "men duoda avval Abu Hanifaning haqqiga duo qilib, keyin ota-onamni tilga olaman", der edi.

Imom Shofeiyning shogirdi Rabiy’ aytadi: "Allohga qasamki, Shofeiy qarab turgan paytda hatto suv ichishga ham jur’at qilolmasdim".

Imom Shofeiyning o‘zlari esa shunday xotirlaydilar: "Imom Molikning huzurida o‘tirsam, sharaqlagan tovushi eshitilmasin deb, kitobni o‘ta ehtiyotkorlik bilan varaqlardim".

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh shunday hikoya qiladilar: "o‘ttiz yildan beri biron-bir kecha o‘tmaganki, agar Shofeiyning haqqiga duo qilmay uxlagan bo‘lsam".


#KimyoElmurod_Dangalov