Get Mystery Box with random crypto!

KIMYO || OSON

Telegram kanalining logotibi kimyo_oson — KIMYO || OSON K
Telegram kanalining logotibi kimyo_oson — KIMYO || OSON
Kanal manzili: @kimyo_oson
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 587
Kanalning ta’rifi

🎬Kimyo fanidan Bepul videodarslar.
T'alim olmoqchi bo'lganlar uchun : @sharofximik
Manzil : Sirdaryo viloyati
Guliston shaxar , Yangiyer shaxar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-28 07:12:31 #Qabul2022
Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

2022-yil 27-iyul
kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

27-iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28-iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
789 views█▓▒­░⡷Sharofiddin⢾░▒▓█, 04:12
Ochish/sharhlash
2022-07-24 09:29:48 Abituriyent ukamga maslahatlar!

1. Avvalo himmatni katta qil. Maqsadni katta qoʻy, qoʻrqma! Shunga yarasha harakat qil maqsad bilan yasha!

2. Atrofingni maqsadi va harakati senga oʻxshaganlar bilan toʻldir.

3. Qaysi universitetga topshirish boʻyicha ota-onang, ustoz va doʻstlaring bilan maslahatlash lekin yakuniy qarorni oʻzing qabul qil. Masʼuliyatni oʻzingga ol.

4. Osilsang baland dorga osil jasadingni hamma koʻrsin! ( Oʻz qiziqishing yoʻnalishidagi eng zoʻr universitetga topshir)

5. Sen bilan birga tayyorlanayotgan Gulchehrani unut! Eʼtiboringni oʻqishga qarat. Baribir u sen pul topib sovchi joʻnatguningcha Eshmatga tegib ketadi.( Yoki oʻqishga kira olmasang tashlab ketadi)

6. Har doim eng zoʻrlarga raqobat qil, ular uxlamasa sen ham uxlama, ular ovqat yemasa sen ham yema, ular mehnat qilganda hech qachon dam olma.

7. Yoʻl-yoʻlakay magʻlubiyatlarga eʼtibor berma. Ular seni kuchliroq qiladi. Yiqilgandan keyin turishni oʻrgan.

8. Ijtimoiy tarmoqlarni, toʻy-tomosha va tugʻilgan kunlarni unut ular sen uchun emas.

9. Vaqtdan yutqizishdan qoʻrqib eng oddiysi ham boʻlaveradi talqinida ish koʻrma! Maqsading oliymi undan koʻra yiqilib yana tayyorlan keyingi yil albatta kirasan ishon!

10. Ibodatlarni student boʻlsam soʻng boshlayman dema! Bu dangasa va bahonachilarning gapi! Bu seni robbing bilan yaqinroq qiladi.

11. Imkoning boʻlsa Chet elda oʻqi yoki Oʻzbekistondagi chet el universitetlarida oʻqi. Agar oʻqish va oʻqimaslik yoʻli tursa mahalliy universitetlarda oʻqisang ham boʻladi( kamida hayotni oʻrganasan).

12. Yaxshilab fikr yurit sen tanlagan soha uchun 4 yil universitet kerakmi?! Agar zamonaviy kasblar boʻlsa ( IT, SMM va hk) unga 4 yil umr shartmas borib 6 oyda oʻrgan va ishlayver.

13. Ota-onang va ustozlar duosini ol.

Abituriyentlarga maksimal ulashaylik!

@kimyoni_sev01
930 views█▓▒­░⡷Sharofiddin⢾░▒▓█, 06:29
Ochish/sharhlash
2022-07-01 08:08:15

Kimyo ustozi : Maxamadiyev Sharofiddin

Yakshanba 2022 yil 3- iyul kuni 5 ta fandan blok test bo'ladi.

Testlarni 2 xil variantda olamiz.

Testda qatnashish mutlaqo bepul

Test soat 8:00 da boshlanadi. Kechikmasdan keling.

Bizda o'qimaydigan tanishlaringizni ham chaqirishingiz mumkin, ularga ham testlar bepul beriladi.

Manzil: Yangiyer Ziyo o'quv markazi

Testlar qattiq nazorat ostida , kalkulyatorsiz olinadi. Faqat Davriy Sistemadan foydalanish mumkin.

Fanlar:

1. Biologiya
2. Kimyo

Majburiy fanlar:

Ona tili
Matematika
Tarix


Tanishlarga tarqating.
Murojat uchun : @sharofximik
.
413 views█▓▒­░⡷Sharofiddin⢾░▒▓█, 05:08
Ochish/sharhlash
2022-06-28 19:45:05


22 ta ajoyib ilmiy tajribalar! Saralanma

Mundarija:

00:00 Olovli ilon
00:42 Sayohat olovi
01:00 Animatsiya illuziyasi
01:24 Magnit o'yinlar
01:41 Kumush tuxum illuziyasi
02:00 Shakar va kislota reaksiyasi
02:35 Rasmni maydalash
03:04 Ajoyib issiq muz
03:41 Qizil karam rangining o'zgarishi
03:57 Tornado yong'inlari
04:20 Coca Cola qutisi va drenaj tozalagichining reaksiyasi
04:54 Anamorfik xayol
05:26 Hovuz xlor va | Coca Cola tajribasi
05:46 Gravitatsiyaga qarshi tuzilma
06:08 Fil tish pastasi
06:25 Harakatni bog'lovchi illyuziya
06:49 Uyda tayyorlangan gologramma
07:15 magnitli girro g'ildiragi
07:33 Uyda uchadigan shar
07:59 Sabunli qayiq
08:14 Uyingizda illuziyasi
08:36 Qo'llarni dezinfektsiyalash bo'yicha tajriba

Kanalga ulanish: KIMYO || OSON ONLAYN MAKTABI

609 views█▓▒­░⡷⠂ Sharofiddin ⢾░▒▓█, 16:45
Ochish/sharhlash
2022-06-20 04:06:12
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.1K views█▓▒­░⡷⠂ Sharofiddin ⢾░▒▓█, 01:06
Ochish/sharhlash
2022-06-20 04:06:12 #Qabul2022
Барча абитуриентлар диққатига!

Бугун, 20 июнь куни 2022/2023 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди.

Абитуриентлар телефон рақамини авторизациядан ўтказиб, паспорт маълумотлари, доимий яшаш манзили ва тугатган таълим муассасаси бўйича маълумотларни киритишлари, шунингдек, имтиёзлари мавжуд бўлса, уларни текширишлари ҳамда чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўлса, сертификат маълумотларини киритишлари мумкин.

Таълим йўналишларини эса 2022/2023 ўқув йили учун қабул параметрларининг таълим тиллари бўйича тақсимоти тасдиқланганидан сўнг танлаш мумкин бўлади.

Абитуриентларни рўйхатга олиш Давлат тест марказининг my.dtm.uz сайти ва Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) орқали онлайн амалга оширилади.

Рўйхатга олиш 20 июлга қадар (20 июль куни ҳам) давом этади ва абитуриентлар 20 июлга қадар ўз маълумотларини ўзгартиришлари ҳамда чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўладиган бўлса, сертификат маълумотларини киритишлари мумкин бўлади.

Чет тилидан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиладиган бакалавриат таълим йўналишларига онлайн рўйхатга олиш эса 10 июлга қадар (10 июль куни ҳам) амалга оширилади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
978 views█▓▒­░⡷⠂ Sharofiddin ⢾░▒▓█, 01:06
Ochish/sharhlash
2022-06-16 20:06:03
" Ўқитувчи ва сартарош ".
Ta'lim sohasi nega rivojlanmaydi?
839 views█▓▒­░⡷⠂ Sharofiddin ⢾░▒▓█, 17:06
Ochish/sharhlash
2022-06-15 22:49:33 Rasman: qabul 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
1.0K views█▓▒­░⡷⠂ Sharofiddin ⢾░▒▓█, edited  19:49
Ochish/sharhlash