Get Mystery Box with random crypto!

#dars #malumot 9-dars Oksidlar Oksidlar - ikki xil e | Kimyo haqida hammasi ♾

#dars #malumot

9-dars Oksidlar

Oksidlar - ikki xil elementdan tashkil topgan va uni bittasi albatta kislorod (O) boʻlgan murakkab moddalar. M: SO3, CaO
Umumiy foʻrmulasi ExOy. He, Ne, Ar lardan boshqa barcha elementlarning oksidlari borligi aniqlangan.
Oksidlar: tuz hosil qilmaydigan (Befarq, indefferent N2O, NO, CO, SO, SiO) va tuz hosil qiladigan ( asosli, kislotali, amfoter) oksidlarga boʻlinadi.
Asosli oksidlar- suv bilan tasirlashib asos hosil qiladigan oksidlar. Bularga metallarning 5 valentlikgacha boʻlgan barcha oksidlari kiradi. (Amfoterlar bundan mustasno)
Kislotali oksidlar- suv bilan tasirlashib kislota hosil qiladigan oksidlar.bularni angidritlar(suvsiz) deb ham nomlanadi. Bularga barcha metalmaslarning oksidlari va metallarning 5 va undan yuqori valentlikdagi oksidlari kiradi. (Befarqlar bundan mustasno)
Amfoter oksidlar amfoter elementlarning oksidlaridir.(Al, Be, Zn, Fe(lll), Cr(lll), Sb(lll), Sn(ll) (lV), Pb(ll) (lV), Mn(lV) )
Indefferent oksidlar - hali toʻla yonib ulgirmagan, O2 tasir ettirsa yana yonadigan oksidlar.
Nomlanishi: E oʻzgarmas valentlik boʻlsa - E nomi + oksid M: Na2O natriy oksid
E oʻrgaruvchan valentlik boʻlsa- E nomi + E valentligi + oksid. M: FeO temir (ll) oksid
Olinishi: 1) Oddiy moddalarni yondirib 2H2+O2=2H2O
2) murakkab moddalarni yondirib CO+O2=CO2
3) asoslarni parchalab Cr(OH)2=CrO+H2O
4) Kislorodli kislotalarni parchalab H2CO3= CO2+H2O
5) Tuzlarni parchalab CaCO3=CaO+CO2
Peroksidlar - tarkibida -O--O- bogʻi saqlagan moddalar. M: H2O2, Na2O2, CaO2

Doʻstlaringizga ulashing

Bizga qoʻshiling
@kimyo_fergana