Get Mystery Box with random crypto!

#dars #malumot 8-dars Modda miqdori (mol) Modda miqdori | Kimyo haqida hammasi ♾

#dars #malumot

8-dars Modda miqdori (mol)

Modda miqdori - ma'nosi "hisobiy toʻplam", birligi - mol, belgisi -n
1 mol modda miqdori deb ¹²C izotopining 12 gramida nechta atom boʻlsa shuncha zarracha (atom, molekula, ion) saqlagan modda miqdoriga aytiladi.
N(c)= 12/1,993•10-²³= 6,02•10²³ demak ¹²C ning 12 gramida 6,02•10²³ ta atom bor. Xulosa: har qanday moddaning 1 moli 6,02•10²³ ta zarracha saqlaydi.
Molni topish foʻrmulalari:
1- massa berilganda mol topish
n=m/Mr
m= berilgan massa
Mr= molyar massa (1mol moddaning massasi)
Zarrachalar soni berilganda mol topish
n=N/NA
N= Berilgan zarracha
NA= Avgadro doimiysi(6,02•10²³)
Hajm berilganda mol topish(gazlar uchun)
n= V/Vm
V= berilgan hajm
Vm= molyar hajm (22,4 litr)
Har qanday gazning 1 moli normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi.

Doʻstlaringizga ulashing

Bizga qoʻshiling
@kimyo_fergana