Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? Ajoyib qotishma NiTinol Nitinol - titan (Ti) va | Kimyo fani / Предмет химии

#Bilasizmi?

Ajoyib qotishma NiTinol

Nitinol - titan (Ti) va nikel (Ni)ning muhim qotishmasi hisoblanadi. Tarkibi Ti 45% va Ni 55% dan iborat. Uning shakli buzilgan bo’lsa ham, qizdirilganda uni tiklashi mumkin. U xotira xususiyatiga ega bo’lgan ajoyib qotishma. Unga yuqori haroratda qotishma shakli beriladi, qotishma uning xotirasidagi shaklni saqlaydi, so’ngra bukilgan va egilgan bo’lsa ham, xotiradagi shaklni issiqlik bilan qayta tiklash mumkin. Sehrgarlar oddiy qoshiqni suvga solib, egilgan qoshiqlarning olish siri bu qotishmada yashiringan, boshqacha qilib aytganda, bu qoshiqlar nitinol qotishmalaridan qilingan.
Uning nomi Ni va Ti elementlarining kimyoviy belgisi va u ishlab chiqilgan joy nomining qisqartmasi (Naval Ordnance Laboratory → NOL) birikmasidan kelib chiqqan.

#Ti #Ni


@kimyo_fani_maktabda

Telegram YouTube