#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023 Test topshiriqlari | KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023 Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:
2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i; 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.
Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi(oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.
Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:
oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida; o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida; qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.
Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.
✯ DTM va quiz testlar. ★ Qiziqarli ma’lumotlar. 🌪 Eng sara va soʻngi quiz testlar birinchi bizda keyin qolgan-qutganlarda. 🩺 Ega – @Rakhimov_Bekzod. 📚 Ilm oling: @AbituriyentBot. �...