Get Mystery Box with random crypto!

QIRQBO'G'IM qirqbo'g'imlar yuksak o'simlik bo'lib yer yuzida | KIMYO BIOLOGIYA | QUIZ TESTLAR UZ

QIRQBO'G'IM

qirqbo'g'imlar yuksak o'simlik bo'lib yer yuzida 30 ta o'zbekistonda 1 turkumga mansub 2 ta tur o'simlik o'sadi ( DALA QIRQBO'G'IMI , SERSHOX QIRQBOG'IM )

DALA QIRQBO'G'IMI ---> ildizpoyali ko'p yillik o'simlik . Jinsiy , jinssiz , vegetativ usullarda ko'payadi.

Dala qirqbo'g'imining 2 xil poyasi mavjud .

Bahorgi poya ( ko'payishda )
Yozgi poya ( fotosintez qilishda )

Poyasida BARGLARI , SHOXLARI , SPORAFILLARI ( spora yetiladigon joy ) xalqasimon joylashgan.

KO'PAYISHI :

QIRQBO'G'IMLAR xuddi yo'sinlar singari jinsiy va jinssiz bo'g'inlar gallanishi orqali kòpayadi farqi hayotida JINSSIZ bo'g'in ustunlik qiladi.

Jinssiz Bo'g'in.

SPORAFILLARI ostki tomonida 6 - 8 ta SPORANGIY unda esa SPORA yetiladi.

Spora yetilgach yerga to'kiladi.

Jinssiz bo'g'in tugaydi.

Jinsiy Bo'g'in

Sporalarni ayrimlaridan erkaklik va ayrimlaridan urg'ochilik GAMETOFIT o'sib chiqadi.

Erkak gametofit anterediy ( kòp xivchinli spermatazoid ) urĝochilik gametofit ( tuxum xujayra)

Yomĝir vaqtida kòp xivchinli spermataziloid tuxum xujayra bilan qo'shilib ZIGOTA xosil qiladi.

Jinsiy bo'g'in tugadi.

Zigotadan murtak xosil bo'ladi va undan yangi QIRQBO'G'IM paydo bòladi.

SERSHOX QIRQBO'G'IM
Bahorgi poyasi yo'qligi

Spora beruvchi boshoqlari shoxlangan poyalar uchida joylashganligi bilan DALA QIRQBO'G'IMIdan farq qiladi.

Qirqbo'g'imlar qimmatli dorivor o'simliklar bo'lib tibbiyotda SIYDIK XAYDOVCHI DORI sifatida ishlatiladi.

Yaqinlarga ulashing
https://telegram.me/+VABHhQSvW0WdWkUH
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@QUIZ_TESTLAR_UZ - KANALIGA OBUNA BOʻLING!