Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon | KIMYO "VODIY ZIYO" ATM

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball