Get Mystery Box with random crypto!

​Maykamni sotib bo'lsada o'qitaman Insonni birgina so'z butun | KIMYO "VODIY ZIYO" ATM

Maykamni sotib bo'lsada o'qitaman

Insonni birgina so'z butun hayotini o'zgartirib yuborishi mumkin. Sizda qanaqa bilmadim, menda shunaqa bo'lgan. Shu gap meni butunlay o'zgartirgan, o'qishga, yaxshi ilm olishga intiltirgan. Shu orqali Toshkentdagi nufuzli ta'lim dargohida ilm oldim. Bugun esa Yaponiyaning nufuzli universitetining rosmana talabasi bo'ldim. 103 magistrant davrasida o'tirish, rasmiy kiyim, rektor nutqi va rosmana kinolardagi o'qish muhiti. Ha bir so'z meni shu yergacha olib keldi.

12 yoshlarimda dadamlarga "Chet ellarda o'qishga, ko'p pul kerak bo'lsa kerak. Shunga o'zimizda o'qiy qolaman" dedim. Dadam esa "sen pul haqida o'ylama, yaxshilab o'qi. Agar pulim yetmasa, maykamni sotib bo'lsada o'qitaman" dedilar. Bu so'z menga qattiq ta'sir qilganini xattoki o'zlari ham bilmasalar kerak. Ammo bu so'z bergan ishtiyoq va Allohning madadi bugun men yoshligimda orzu qilgan chet el va u yerdagi ta'lim dargohining rosmana talabasiga aylantirdi. Ota so'zi farzand uchun qanchalik ta'sirli a.

@KIMYO VODIY ZIYO KANALI