Get Mystery Box with random crypto!

Oksidlanish darajasi ― atomning nechta elektron olgan yoki ber | KIMYO "VODIY ZIYO" ATM

Oksidlanish darajasi ― atomning nechta elektron olgan yoki berganini ko`rsatadi.

Asosiy guruh elementlarida Yuqori oksidlanish darajasi guruh raqamiga teng (istisno: F, O, ...)

Quyi oksidlanish darajasi guruh raqamidan 8 ayrilib topiladi
Oksidlanish darajasini topish qoidalari

Qoidalarni ishlatish tartibi - qoida qanchalik baland bo'lsa, uning ustuvorligi shuncha yuqori bo'ladi.

1. Oddiy moddalarda (masalan, Fe, Cl2 , grafit va boshqalar) OD = 0 ga teng.
2. Molekuladagi barcha atomlarning OD yig'indisi nolga teng.
3. Ion ichidagi barcha atomlarning OD yig'indisi ionning zaryadiga teng.
4. Ftorning OD qiymati -1 ga teng (F2 dan tashqari, u 0 ga teng [qoida 1]).
5. 1A-guruh elementlarining OD +1 ga teng.
6. 2A-guruh elementlarining OD +2 ga teng.
7. Kislorodning OD -2, peroksidlarda -1.
8. Galogenlarning OD odatda -1 ga teng.
9. Vodorodning OD qiymati metallmas bilan bog'langanda +1, metallar bilan bog'langanda -1 ga teng.
Istisno: BH3 SiH4 (H ning OD=-1) PH3 (H ning OD=0)
@SalimCHORIYEV