Get Mystery Box with random crypto!

Biz farzandlaringizga chet tillaridan tashqari quyidagi odob v | Kiddom Andijon

Biz farzandlaringizga chet tillaridan tashqari quyidagi odob va sunnatlarni o’rgatmoqdamiz:

Kattalarga salom berish (bolalar ikki qo’llari bilan, qizlar esa qo’lini ko’ksiga qo’yib)
Ovqatlanishdan oldin va keyin qo’lini yuvish
Kattalardan so’ng ovqatni “Bismillah” deb boshlash
O’ng qo’l bilan yeyish
Har doim o’tirib yeyish va ichish
Uvol qilmaslik
Ovqatdan so’ng “Alhamdulillah” deyish va qo’lini yuvish
Aksirganda “Alhamdulillah” esnaganda esa “Astag’furillah” deyish
Bosh tomonini qiblaga qaratib oʻng tomoni bilan yotish, qiblaga oyoq uzatmaslik
Xojatxonaga chap oyoq bilan kirib o’ng oyoq bilan chiqish
Kiyinishni o’ng oyoq qo’ldan, yechishni esa chap oyoq qo’ldan boshlash
Va ba’zi zikr va duolar.

Albatta bularni ingliz tilida aytamiz.

Iltimos siz, ota-onalar ham uyda shularni ularning hayotiga tatbiq qilishda yordam berib yuborsangiz, zero farzand odob va xulqi bilan go’zal.

Kiddom ma’muriyati
Telegram | Instagram