Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan yigit haqida ertak Bir bor ekan | Kibertexnik

Dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan yigit haqida ertak

Bir bor ekan bir yo'q ekan, qadim qadim zamonda bir o'qituvchi yigit bo'lgan ekan. U yosh avlodga matematika va fizika fanlaridan dars berar ekan. Yillar o'tib u o'z kasbiga bo'lgan qiziqishi kamayib borganini sezibdi. Ayniqsa yosh avlodda bu darslarga bo'lgan qiziqish yo'qligi uni juda ranjitibdi. Shunday qilib u kasbini almashtirishga qaror qilibdi.

Qayerga qaramasin hamma joyda IT haqida gapirishayotgan ekan. Oyliklari yaxshi, ish joylari yaxshi, sharoitlari yaxshi, boshqa davlatlarga ko'chib ketish imkoniyatlari bor. Huddi eng zo'r ishday tuyila boshlabdi. Shunday qilib dasturchi bo'lishga qaror qilibdi.

Nimadan boshlashni bilmay, har xil Telegram kanallarga qo'shilibdi. Tahminan 19tasiga. Har bir kanalning egalaridan bir savolni so'rabdi: "Qaysi dasturlash tilidan boshlash kerak?". Birinchi kanal egasi Java debdi. Eng ishonchli, eng tez tillardan biri. Ish ham juda ko'p debdi. Ikkinchi kanalni egasi esa Python debdi. Yangilangan reytingni ko'rdingmi? Python birinchi o'ringa chiqib oldi mashxurlik bo'yicha debdi. Eng mashxur tilmi? Demak eng zo'r til debdi.

Bu yigitning boshi qotib o'zi taniydigan Senior Android dasturchi tanishidan so'rabdi. U tanishi Python tilmas debdi. Atvichayu debdi. Javadan boshqasi tilmas debdi. Zub dayu debdi.

Yigitning yana battar boshi qotib Python zo'r degan Telegram kanalga kelibdi. Shu tanishim Python til ham emas, yordamchi instrument dedi debdi. U kanalda katta tortishuv bo'libdi. Bu tillar orasiga C qo'shilibdi, C++ qo'shilibdi. Baribir bir qarorga kelinmabdi.

Shundan keyin ertak qahramoni qolgan 17ta kanal egalaridan so'rashga kirishibdi. Huddi shunday diskussiyalar u kanallarda ham bo'libdi. Ularning hammasidan so'raguncha oradan 5 yil o'tib ketibdi. Bu 5 yil ichida qahramonimiz uylanib oila quribdi, bola-chaqali bo'libdi. Endi ularni boqish kerak, iloji yo'q. Dasturlashga kirishsa pulni qayerdan oladi? Shunday qilib o'qituvchilikda qolib, Matematika va Fizikadan tashqari yana Kimyo fanidan dars o'tishni boshlabdi.

Roppa rosa 5 yil oldin, yana bir yigit 2-3 kun izlanish qilib hamma tillar ham yaxshiligini tushinib, PHPni ko'z yumgancha tanlab o'rganishni boshlabdi. Yarim yil deganda yaxshi o'rganib, mahalliy kompaniyaga ishga kiribdi. 1 yil ichida middle dastuchi, 4 yil ichida senior dasturchi bo'libdi. 5chi yili esa unda USAga ketish imkoniyati paydo bo'libdi. Shunday qilib u hozir Googleda Senior Software Engineer bo'lib ishlayotgan ekan.

@jakhonrakhmon