Get Mystery Box with random crypto!

#Phishing Hozirda biz ko'p uchratadigan 'Phishing' so'zi nima | Kiber Xavfsizlik

#Phishing

Hozirda biz ko'p uchratadigan "Phishing" so'zi nimani anglatadi???

Fishing - bu hakerlarning o'zini ishonchli xodim sifatida ko'rsatish orqali qimmatli ma'lumotlarni o'g'irlashga bo'lgan har qanday urinishiga aytiladi.

Shunday qilib, haker kredit karta raqamlari yoki bank hisobi ma'lumotlarini olish uchun o'zini bank xodimi deb tanishtirishi va sizdan o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni so'rashi mumkin. Masalan, sizning telefon raqamingizga kelgan kodni so'rashi va shu orqali kartangizdan foydalanish huquqini olishi mumkin.

"Fishing" so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib "baliq ovlash" deb tarjima qilinadi. Ya'ni, "ma'lumot uchun baliq ovlash" kabi, odamlarni maxfiy ma'lumotlarni ovlashga harakat qilish jarayoni.

Hakerlardan himoyalaning!

@Kiber_Xavfsizlik_uz