Get Mystery Box with random crypto!

#Tavsiya Biron bir yangi kursni bitirgan o'quvchi ishga kir | Khusan Djemilov — Dizayn blog

#Tavsiya

Biron bir yangi kursni bitirgan o'quvchi ishga kirganidan so'ng, ishiga adaptatsiya jarayoni boshlanadi. Bir ishi o'xshamaydi, ikki o'xshamaydi. Uchinchisida bir kichik uchquncha chiqib ishi tasdiq olib ketadi.

Oylar o'tib ishlari sifatli bo'la boshlaydi. Haligi o'quvchi o'zini hayolida: "Men o'zgartirib bo'linmas, alternativi yo'q ishchiga aylanyapman" deya hayol kela boshlaydi. Undan keyin kelgan xodimlarga kibr, manmanlik qilishni boshlaydi. Albatta, bu hislat o'ziga bilinmaydi.

O'zini ishini seva boshlaydi, feedback'larni hech qanday e'tiborga molik deb bilmaydi. Xatto o'z ustozini yomonlashni boshlaydi. Uni hech nimani bilmaganlikda ayblashni boshlaydi.

Shu kabi holatga kelgan bo'lsangiz, o'zingizni eng zo'ri deya ko'rmang, o'zgartirib bo'lmas deya ko'rmang. Alloh kibrga, manmanlikka ketgan qavmlarni, odamlarni yaxshilariga alishtirib qo'ygan. Siz ham almashib ketganlar. Kibrini quchoqlab, zahar sochib yuradiganlardan bo'lib qolmang.

Qayerdan chiqganingizni qarang, sizni alishtirsa bo'ladi!

Birinchi o'zimga eslatma, keyin esa o'qigan barchaga.

Abdulloh blogidan

@KhusanDjemilov_blog