Get Mystery Box with random crypto!

Dizayn sohasiga endi kirib kelganlarning fikricha 2-3 oylik ku | Khusancg | Dizayn blog

Dizayn sohasiga endi kirib kelganlarning fikricha 2-3 oylik kursni o'qib tugatishsa 3-4 mln so'mlik oylikda ishlay olisharkan. Dizayn sohasini tezda o'rganib olib daromad qiladigan soha deb o'ylashmoqda, shu sababli ham bozor to'la chala photoshopchilar bo'lib ketmoqda.

Dizayner bo'lish bu jiddiy kasb, bu shunchaki photoshop emas. Dizaynerlarning ishi injenerlikka o'xshab ketadi. Ma'lum muammoga grafik vosita orqali yechim berish va bu yechim ishlashi - mana shu dizaynerlik, photoshopda 15 xil effektlarni o'rganib olish emas.

Tajribali dizayner doimiy ravishda hard skill va soft skillarini rivojlantirish ustida ishlashi kerak. Dizayn bo'yicha bilim chegarasiz, 2-3 oylik kurs bilan tugab qolmaydi.

P.S Madina Mavlonova

@khusancg