Get Mystery Box with random crypto!

« Khurshidbek » Blog

Telegram kanalining logotibi khurshidbek_blog — « Khurshidbek » Blog
Telegram kanalining logotibi khurshidbek_blog — « Khurshidbek » Blog
Kanal manzili: @khurshidbek_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92
Kanalning ta’rifi

🔰 Dasturlashni o’rganamiz!
🔰 ITdagi yangilanishlar
🔰 Rivojlanish
🔰 Foydali bloglar
G’oyalar ko’p, maqsadlar yaqin, InshaAllah tez orada yetishamiz!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-02-22 15:43:00 ​​NFC - O’zbekiston uchun qanchalik foydali ?

NFC (Near field communication)
- O’zbekchaga tarjima qilganda yaqin maydon aloqasi. NFC yaqin masofa orqali telefonlar va qurilmalar orqali malumot almashish, to’lovlarni amalga oshirish va ko’plab vazifalarni bajarishda 2004 - yildan beri odamlarga yordam berib kelmoqda. Mashxur to’lov tizimlari Apple pay va Google pay ham asosan NFC orqali ishlaydi. Moskvada kiyim do’konlari, metrolar, tramvaylar, oziq ovqat do’konlari, texnika do’konlari, bundan tashqari davlat organlari, aviabiletlar umuman olganda barcha turdagi savdolarda NFC to’lov tizimi bor.

Yandex kompaniyasining Yookassa ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak 2020 - yildan boshlab Rossiya bozorining konversiyasini 94% ga ko’targan narsa bu Apple pay va Google pay hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimdek Apple pay va Google pay asosan NFC orqali ishlaydi.

Endi qadrdon O’zbekistonimiz mavzusiga qaytsak . NFC O’zbekistonda hali to’liq rivojlanib ketmadi bunga sabab tadbirkorlar haligacha zamondan sal orqada. Ayrimlari NFC nimaligini ham bilmaydi. Lekin savdoni oshiradigan eng yaxshi instrumentlardan biri bu NFC dir. O’zbekistonda ayrim banklar bu tizimni olib kirishga harakat qildi. Adashmasam Agrobank. Agrobankning kartalari orqali xozir Makro va bir necha savdo markazlarida kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Nima uchun NFC dan foydalanish savdoni oshiradi ?
Bu savol anchagina qiziq tuyulsa kerak. NFC kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirishda yordam beradi. Yani kartangizni terminal ustiga bosishingizni o’zi kifoya uni hattoki terminalga tiqishingiz ham kerak emas. Agar smartfoningiz NFC ni qo’llab quvvatlasa nur ustiga alo nur kartangizni olib yurishingiz ham kerak emas. Telefoningiz bor nima ga’mingiz bor degani shu bo’lsa kerak.

Endi yana bir savol tug’ilishi mumkin. NFC O’zbekistonda qachon rivojlanadi?
Shaxsan o’zimdagi ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsam. Toshkentga yangi metro va Avtobuslar Moskva tomonidan berildi. Xozirda metroga tushish uchun jeton emas NFC kartangiz bo’lishi kerak. Toshkent aholisining 70% qismi metro va avtobuslardan foydalanishini hissobga olsak tahmiman 6 7 oy ichida deyarli 50% aholisi NFC kartalariga ega bo’ladi. Bu degani NFC O’zbekistonda rivojlanishiga unchalik ko’p vaqt qolmadi. Agar sizning biznesingiz bo’lsa unga NFC to’lov tizimini olib kirishingizni maslaxat bergan bo’lardim)

O’zbekistonning asosiy aholi qatlami yani eng ko’p aholisi Toshkentda joylashganini hissobga olsak biznesingizni gullab yashnab ketishiga oz qoldi . Agar siz haligacha dinozavrlar davridagi tadbirkorlar safida bo’lsangiz yani yangi texnologilardan foydlanishdan qo’rqsangiz unda bu kanaldan chiqib ketaververing :)
730 viewsXurshidbek, 12:43
Ochish/sharhlash
2021-12-29 18:41:51 98% auditoriya jalb qilindi yangi ochilgan blog uchun yaxshi natija dib o’ylayman !


Hammalaringga raxmat !
1.1K viewsXurshidbek, 15:41
Ochish/sharhlash
2021-12-29 18:38:11 70 000 prosmotr
1.1K views Xurshidbek , 15:38
Ochish/sharhlash
2021-12-29 18:37:57
1.1K views Xurshidbek , 15:37
Ochish/sharhlash
2021-11-19 23:28:02 ​​Loyihaning maqsadi!

Bizning jamoa media loyihalar ustida ish olib borayotganidan xabaringiz bor. Biz tez orada loyihamizni internetga joylashtiramiz va to'laqonli xalqqa namoyish etamiz.

Ochig'ini aytaman. Meni hozir ko'proq rus auditoriya bilan ishlash qiziqtirmoqda. Shu sababli bu loyiha asosan rus auditoriyasi uchun.

Biz loyiha orqali 1 yil ichida minimal 1 mln rus auditoriyaga xizmat ko'rsatmoqchimiz. InshaAllah bu narsa bo'ladi ham. Siz buni kuzatib borasiz, men sizga har bir qadam haqida aytib turishga vada beraman!

Hozirda biz Rossiyadagi bir necha servislar bilan hamkorlik qilish uchun shartnoma tuzmoqdamiz. Bu bizga erkin va qonuniy faoliyat yuritishimizni foydalanuvimizning ayrim jarayonlardagi ishlarini avtomatlashtirishimizga yordam beradi.

Loyihaning asosiy qiymati va oylik daromati haqida keyinroq post qilaman) Bu siz uchun albatta qiziq buni bilaman.

Endi men sizlarga bir insonni tanishtirmoqchiman. Men shaxsan bu insonni jamoamizning asosiy lideri va yetakchisi deb ayta olaman. Jamoamiz uchun mendanda ko'proq mexnat qilayotgan bu inson 1 xaftadan beri tish og'rig'i bilan qiynalsada, yaxshi ovqatlana olmasa ham, og'riq tufayli tunlari yaxshi uxlay olmagan bo'lsa xam mexnat qildi. Jamoamiz rivojlanishi uchun rejalashtirgan ishlarimiz kechiktirilmasligi uchun xech narsaga qaramay ishladi. Har safar bu insonni ko'ziga qaraganimda undagi og'riqni men xis qilgandekman. Agar menda bunday og'riq bo'lganda men ishlash tugur bolnitsiyaga yotvolib o'zimga 1 oy dam berardim.

Sizlardan hozir bir narsani iltimos qilmoqchiman. 2 daqiqa vaqtingizni ayamay ushbu insonning instagram sahifasiga obuna bo'lib oxirgi postining commentiga boshlagan ishlarimizda omad tilab yozib qo'yishingizni xohlagan bo'lardim.
Men bunday mexnatni va ishtiyoqni qadrlayman va bu inson bilan kelajakda bundanda katta loyihalarda ham birga bo'lishni va ishlashni xohlardim!

Instagram sahifasi:
https://instagram.com/_sultan_akee

Ushbu postni o'qiganingiz uchun raxmat!
1.8K viewsXurshidbek, 20:28
Ochish/sharhlash
2021-11-19 23:04:30
1.3K views Xurshidbek , 20:04
Ochish/sharhlash
2021-11-19 23:03:30 Natijalar!

Kuni kecha instagramimda bo'lib o'tgan kichik konkurscha yakunlandi. Unga ko'ra men bir insonni postini ajoyib deb hisobladim va mukofotini tashlab berdim. Pastda o'sha postni qoldiraman.

Endi ishga qaytsak)
Jamoadoshimning fikriga ko'ra bizga 2 kun ichida 100 ga yaqin inson ishlash xohishi bilan chiqqan. Bu shunchaki respect!
Ular orasidan eng kuchlilari tanlab olindi. Biz endi ular bilan ajoyib loyihalarni birin ketinlikda ishga tushurib boramiz.
1.2K viewsXurshidbek, 20:03
Ochish/sharhlash
2021-11-15 15:59:50 Ajoyib!

Bizga 1 kunga qolmay 100 kishidan ko'p odamdan ishlash xohishi bo'yicha xabarlar keldi. Menejerlar barcha xabarlaringizga javob yozishadi bunga shaxsan vada beraman. Faqat sabrli bo'ling.

Ungacha do'stlar keling bir kichik konkurscha o'tqizaylik)
Instagramda bir muncha vaqtda aktiv bo'lmaganimga aktivligim tushim ketibdi. Hozir shu aktivligimni o'z o'rniga qaytarishga harakat qilyapman.

Konkurs sharti oddiy instagramdagi https://instagram.com/_Xurshidbek_18 profilimga a'zo bo'lasiz. Postlarimga like bosib chiqishingiz kerak va eng oxirgi postimga eng chiroylik kommentni yozishingiz kerak. Barcha shartlarni bajarib eng chiroyli kommentni yozgan insonlarga 10$ dan kartasiga tashlab beraman.

Eslatma: Agar xohlasangiz istoriya qo'yib meni otmetka qilishingiz ham mumkin)

Qani ketdik
1.3K viewsXurshidbek, 12:59
Ochish/sharhlash
2021-11-15 01:19:30 ​​Ishni boshlash va ish haqida!

Avvalo aktivligingiz uchun raxmat! Ovoz berishlarni deyarli 90% aktivlik bilan yakunladik.

Ish haqida gapirsam. Eslatib o'taman agar sizda internet past va kompyuter bo'lmasa unda bu ish siz uchun emas. Agar sizda internet tezligi yaxshi va kompyuterdan foydalanish bo'yicha ko'nimka yaxshi bo'lsa unda bu ish aynan siz uchun.

Ish oddiy va ishlash vaqtingizni o'zingiz tanlaysiz. Ya'ni kunning istalga vaqtida istalgancha ishlashingiz mumkin. Asosiy vazifa: Internetdan sizga biriktirilgan menejer bergan ma'lumotlarni topish va serverga joylash. Har bir joylagan ma'lumotingiz uchun pul to'lanadi. Xohlasangiz pulingizni kunlik olishingiz mumkin xohlasangiz oyiga olishingiz mumkin. Qancha ko'p ma'lumot topib joylashtirsangiz shuncha ko'p pul topasiz. 1 kunda 1$ dan 1000$ gacha ishlash mumkin. Albatta bu sizning mexnatsevarligingizga qarab.

Biz sizning ish haqqingizni istalgan valyutada yetqazib beramiz. Lekin har bir ishning bahosi rublda o'lchanadi.

Agar sizda ishlashga xohish paydo bo'lgan bo'lsa ushbu profilga murojaat qilishingiz mumkin. @Broklyn_21
Biz ertaga ishchilarni saralashni boshlaymiz.

Agarda sizning internetdan pul topishga qiziqadigan va interneti yaxshi do'stingiz bo'lsa ushbu postni unga ulashishingiz kerak )))

@Khurshidbek_blog
1.0K viewsXurshidbek, 22:19
Ochish/sharhlash