Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekiston Wikipediyasi ! Oxirgi paytda ba’zi rasmiylar O’zb | « Khurshidbek » Blog

O’zbekiston Wikipediyasi !

Oxirgi paytda ba’zi rasmiylar O’zbekiston Wikipediyasiga alohida e’tibor qaratdi. Natijalarga qaraydigan bo’lsak wikipediada O’zbek maqolalari 150 000 dan oshdi. Bular orasida 2 ta maqola menga qarashli. )

Aslida 3 ta edi. Bitta yozgan maqolamni wikipediadaga joylashdan avval boshqa bir blog saytimga joylagandim. Wikipedia botlari bu maqolani plagiat hisobladi va administratorlar maqolani o’chirishdi. Plagiat bu ko’chirmachilik degani. O’zim yozgan maqolani o’zimdan ko’chirganim uchun maqolam o’chirildi .

Wikipedia bu biznesga trafik yaratishdagi eng yaxshi qurollardan biridir. Ko’p kompaniyalar wikipediada o’z biznes sahifalarini yaratishga urunishadi ammo wikipedia statistikasiga ko’ra dunyo bo’ylab kompaniyalarning atiga 0.01% qismigina biznes sahifasini yaratish imkoniga ega bo’lgan. Sababi wikipedia dunyo bo’ylab eng ishonchli manba hisoblanadi. Agar sizning biznesingiz wikipediada o’z sahifasiga ega bo’lsa bu sizga quyidagi imkoniyatlari olib keladi:

1 - Mashxurlik
2 - Ishonch
3 - Mijozlar oqimi
4 - Websaytingiz uchun trafik
5 - Daromad

Bu eng asosiy narsalardir.


Tahminlarimga ko’ra 2024 - yilga qadar wikipediada biznes sahifasini yaratish berish hizmati IT va jurnalistlar o’rtasida kamyob kasblar turiga qo’shiladi. Maslaxatim wikipediaga maqola joylashni o’rganing )